ISW: Rossiyaning Ukrainadagi hujumi avj pallasiga yaqinlashmoqda

ISW: Rossiyaning Ukrainadagi hujumi avj pallasiga yaqinlashmoqda

"Buni Ukraina harbiylarining Rossiya tomonidan davom ettirilayotgan hujum operasiyalari sur’ati va istiqbollari haqidagi bayonotlari tasdiqlamoqda", deya ta’kidlaydi tahlilchilar. Ular, shuningdek, Rossiya manbalarida Ukrainaning Baxmut hududida yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumi va Ukraina kuchlarining mahalliy harakatlari haqidagi muhokamalarga e’tibor qaratishmoqda.

Agar safarbar qilingan 300 ming kishi Rossiya Federasiyasiga hujumda ustunlik bera olmasa, kelajakda safarbarlik to‘lqinlariga qo‘shimcha kuchlarning jalb etilishi boshqa natijaga olib kelishi dargumon, deb hisoblaydi ISW.

Tahlilchilarga ko‘ra, Ukraina tashabbusni qo‘lga olish va hozirgi front chizig‘ining muhim sektorlarida qarshi hujumni boshlash uchun yaxshi pozisiyaga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!