Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda, delegasiyalar tarkibi esa oshkor etilmagan.
"RIA Novosti” muzokaralar allaqachon boshlanganini xabar berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokaralar oldidan ushbu uchrashuvda "yuqori darajali diplomatlar va ekspertlar" ishtirok etishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv natijasida muzokaralar qanchalik tez va samarali davom etishi mumkinligi ayon bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio tomonlar elchixonalar xodimlari sonini tiklashga kelishib olganini e’lon qildi. Keyinchalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Moskva va Vashington diplomatik idoralar faoliyatini odatiy rejimda tiklashga kelishib olganini tasdiqladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Олимларнинг фикрича, Қуёш аста-секин кенгайиб боради, бу эса ҳароратнинг ошиши Ер атмосфераси таркибини ўзгартириши ва кислород миқдорини камайтириши мумкин.