Istanbul aeroportida faoliyat yana tiklanmoqda

Istanbul aeroportida faoliyat yana tiklanmoqda

Istanbul aeroportida faoliyat yana tiklanmoqda. Bu haqda Turk Havo Yo‘llari bosh direktori Bilal Ekshi Tvitterda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, havo bandargohida parvozlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi.

«Soat 07:00 dan 13:00 gacha (kelish va uchish) 131 ta reys belgilangan. Iltimos, aeroportga yetib kelishdan oldin veb-saytimizda parvozingiz holatini tekshiring», — deb yozgan Ekshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!