Isroil milliy dzyudo jamoasi xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatma ortidan Toshkentda o‘tayotgan xalqaro «Grand Slam» turnirida ishtirokni to‘xtatib, O‘zbekistonni zudlik bilan tark etdi.
Ma’lum qilinishicha, qaror Isroilning ichki xavfsizlik xizmati – «Shin Bet» tomonidan berilgan ko‘rsatma asosida qabul qilingan. Bu holat Eronga qarshi boshlangan «Operation Roaring Lion» amaliyotidan keyin mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Delegasiya tarkibida Olimpiada kumush medali sovrindori Rats Xershko va milliy jamoa a’zosi Gili Sharir ham bor edi. Jamoa 2026 yilgi mavsumning ilk yirik startlaridan biri sanalgan Toshkent «Grand Slam» musobaqasida qatnashish uchun kelgandi.
Toshkent turniri yil boshidagi muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi nufuzli musobaqa hisoblanadi va xalqaro tajriba to‘plash imkonini beradi.
Ko‘rsatmaga muvofiq, sportchilar va Isroil dzyudo assosiasiyasi rahbari Moshe Ponte musobaqada ishtirokni darhol to‘xtatib, mamlakatni tark etishga chaqirilgan. Jamoa buyruqqa amal qilib, Markaziy Yevropadagi manziliga uchib ketgan.
Hozircha Isroil dzyudo assosiasiyasi rasmiy bayonot bermadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.