Isroil Suriya infratuzilmasiga zarba berdi

Isroil Suriya infratuzilmasiga zarba berdi

Isroil armiyasi Suriya Qurolli Kuchlari infratuzilmasiga hujum qildi va Damashqni 1974 yilda imzolangan qo‘shinlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni buzganlikda aybladi.

«Bir muncha vaqt oldin Isroil armiyasining tanklari va artilleriyasi Suriya armiyasi foydalanayotgan harbiy infratuzilmaga hujum qildi, bu esa bufer zonada Isroil va Suriya o‘rtasidagi 1974 yildagi qurolli kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni buzdi», — deyiladi armiya matbuot xizmati xabarida.

«Isroil armiyasi Suriya harbiylarini o‘z hududida sodir bo‘layotgan barcha harakatlar uchun javobgar deb hisoblaydi va Isroil suverenitetini buzishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi», — deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!