Isroil Pfizer`ning uchinchi dozasi bilan ommaviy emlashni boshladi

Isroil Pfizer`ning uchinchi dozasi bilan ommaviy emlashni boshladi

Pfizer/BioNTech vaksinasining uchinchi dozasini kamida besh oy oldin ikki dozali kursni tamomlagan 60 yoshdan oshgan fuqarolar olishi mumkin. Rasmiylar qayta emlash zarurligini mamlakatda delta shtammining tarqalishi bilan izohladilar.

JSST rasmiy ravishda revaksinasiyani uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya etmagan, chunki «uning samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida yetarli tadqiqotlar yo‘q».

Isroil yil boshida emlash darajasi bo‘yicha dunyodagi barcha mamlakatlar orasida yetakchilardan biri edi. Aprelga kelib u yerda aholining 60 foizi emlangani qayd etilgan.

Oxirgi bir oyda mamlakatda delta shtammining tarqalishi tufayli kasallanish ko‘rsatkichlari keskin oshdi — hozir 10 million aholiga ega mamlakatda kuniga ikki mingga yaqin holat qayd etilmoqda.

Hozircha Isroil revaksinasiyani boshlagan birinchi mamlakat hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!