Isroil parlamenti tarqatib yuborildi
Isroil parlamenti (Knesset) 17 iyul kuni ertalab o‘zini tarqatib yuborish uchun ovoz berdi. Mamlakatda navbatdagi parlament saylovlari shu yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Parlamentni tarqatish to‘g‘risidagi qaror 62 ta rozilik ovozi bilan qabul qilindi. Qarorni bosh vazir Binyamin Netanyaxu ham qo‘llab-quvvatladi. Deputatlar tarqalishdan oldin bir qator bahsli qonunlarni tezkorlik bilan qabul qilishga ulgurdi.
Hukmron koalisiya oxirgi pallada o‘zaro kelishib, quyidagi qonunlarni tasdiqladi:
1. Partiyalarni moliyalashtirish. Saylovda qatnashadigan siyosiy partiyalarga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ miqdori ko‘paytirildi.
2. Bosh prokuror vakolatini cheklash. Yangi qonunga ko‘ra, vazirlar bosh prokurorning qarorlarini rad etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu qonun 2027 yil yanvaridan kuchga kiradi.
3. OAV nazorati. Davlatning ommaviy axborot vositalari ustidan nazorati sezilarli darajada kengaytirildi.
4. Dindorlarni armiyadan ozod qilish. Ultraortodoks dindor yigitlarni harbiy xizmatga chaqirishni vaqtincha to‘xtatib turish haqida qonun qabul qilindi. Biroq ushbu qonun Oliy sud tomonidan vaqtincha muzlatib qo‘yildi.
