Isroil musulmon diyorni bombardimon qilmoqda

Isroil musulmon diyorni bombardimon qilmoqda

Payshanba kuni ertalab Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektoridagi 4 nuqtani bombardimon qildi.

“Anadolu” muxbiri Isroil harbiy samolyotlari G‘azo shimolidagi Hamas harbiy bazalariga va sektor janubidagi dehqonchilik yerlariga hujum qilgani haqida ma’lumot bergan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha vafot etganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

Chorshanba kuni tundan buyon Isroil harbiy samolyotlari G‘azoning turli yerlariga hujumlar seriyasini namoyish etmoqda.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, buning oqibatida 3 falastinlik shahid bo‘lgan. Ular orasida 9 oylik homilasi bor ayol va uning 1,5 yoshli bolasi ham bor. Bundan tashqari 12 kishi turli darajada jarohatlangan.

Isroil qo‘shini kecha tundan beri G‘azodagi 140 nuqtaga hujum qilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!