Isroil jurnalistlarni «qasddan» nishonga olmoqda
Isroil harbiylari bir yil davomida sodir etilgan genosidlar haqida gapiradigan tanqidiy ovozlarni yoqtirmaydi.
Hozirda biz bu inson huquqlari buzilishini hujjatlashtirgan tinch aholi va jurnalistlarga nisbatan qasddan qilingan harakatlarni ko‘proq ko‘ryapmiz.
Al-Jazira operatori nishonga olindi. Uning ahvoli og‘ir.
Boshqa bir hamkasbi chodirda uxlab yotganida ikkita uchar shrapnel parchasi bilan urildi.
Shrapnel uning bosh suyagini teshib, kuchli qon ketishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy telekanallardan birida ishlaydigan jurnalist kvadrokopter omonidan o‘ldirilgan.
Al-Jazira Isroilning G‘azoda jurnalistlarga qilgan so‘nggi hujumini qoraladi.
«Jurnalistlarni qasddan nishonga olish urush zonalarida matbuot va gumanitar xodimlarni himoya qiluvchi xalqaro qonunlarning qo‘pol ravishda buzilishidir», deyiladi bayonotda.
«Al-Jazira zudlik bilan xalqaro hamjamiyatni G‘azodagi jurnalistlar va tinch aholi xavfsizligini ta’minlash uchun zudlik bilan chora ko‘rishga va Isroil ishg‘ol kuchlarini jurnalistlarga qarshi takroriy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishga chaqiradi».