Isroil iqtisodiyoti urush boshlanganidan beri qariyb 20 foizga qisqardi

Isroil iqtisodiyoti urush boshlanganidan beri qariyb 20 foizga qisqardi

G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi genosid boshlangan 2023 yilning to‘rtinchi choragida Isroil YAIM hajmi 19,4 foizga qisqardi, bu iqtisodchilar prognoz qilganidan ham yomonroq, deya xabar bermoqda TRT.

Isroil banki mojaro 2025 yil oxirigacha Isroilga taxminan 70 milliard dollarga tushishini bashorat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2023 yilning so‘nggi choragida iste’mol xarajatlari 26,9 foizga, xo‘jalik kapitali qo‘yilmalari 67,8 foizga, eksport 18,3 foizga, import 42 foizga kamaygan. Shu bilan birga, davlat xarajatlari, asosan, harbiy xarajatlar va zarar ko‘rgan kompaniyalarga tovon to‘lash hisobiga 88,1 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moody's urush natijasida siyosiy xavflar kuchaygani va davlat moliyasi yomonlashgani tufayli Isroilning kredit reytingini pasaytirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!