Ispaniyada eng uzoq davom etuvchi motam boshlandi

Ispaniyada eng uzoq davom etuvchi motam boshlandi

 

Ispaniya hukumati bugun 27 may, chorshanba kunidan rasman 10 kunlik motamni e’lon qildi. Bu haqda moliya vaziri Mariya Xesus Montero.kecha ma’lum qildi.

«Bugun ertalab vazirlar kengashi koronavirus pandemiyasi qurbonlari uchun butun mamlakat bo‘ylab rasmiy motam e’lon qilinganligi haqidagi deklarasiyani qabul qildi. Motam chorshanba, ya’ni ertadan boshlab 10 kun davom etadi. Davlat binolari va harbiy dengiz kuchlaridagi barcha bayroqlar tushiriladi», — dedi Montero.

Qayd etilishicha, Ispaniyada vafot etganlarning har 10 tadan 8 tasi 70 yoshdan oshganlar bo‘lib, shuning natijasida o‘lim holati oshib ketgan.

Xotira marosimi qirol boshchiligida o‘tkaziladi.

Bu Ispaniya tarixida eng uzoq davom etuvchi motam bo‘ladi. Milliy motam oxirgi marta 2017 yil avgustda Barselona va Kambrilsda sodir etilgan teraktlardan keyin e’lon qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, epidemiya boshlangandan beri Ispaniyada 26,8 ming kishi vafot etdi, 235 ming kishida koronavirus aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!