Ispaniyada 2 ta samolyot to‘qnashib ketdi

Ispaniyaning Palma shahri aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Barselonadan Balear orollariga yetib kelgan va uchish-qo‘nish yo‘lagida Frankfurtga uchishga hozirlanayotgan samolyotga borib urilgan. Oqibatda samolyot qanotining bir qismi singan, ikkinchi havo kemasi ham zarar ko‘rgan.
Ikkala samolyotning ham tezligi yuqori bo‘lmagan va shu sababli yo‘lovchilar jabrlanmagan.
Barselona va Frankfurtga parvozlar bekor qilindi. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)