Ispaniya malikasi 3 yillik armiyaga chaqirildi

Ispaniya malikasi 3 yillik armiyaga chaqirildi

Ispaniya malikasi Leonor 3 yillik armiya xizmatiga chaqirildi. U hozir 17 yoshda va hali maktabda o‘qiydi. Yozda maktabni tugatishi bilan armiyaga yuboriladi.

Ispaniya malikasi Leonor de Todos los Santos de Burbon Ortis — Asturiya malikasi, 2014-yil 19-iyundan buyon ispan taxtining vorisi, Ispaniya qiroli Filipp VI va uning rafiqasi Letisiya oilasidagi to‘ng‘ich qizi, qirol Xuanning nabirasi.

Leonor Ispaniya taxtining vorisi va bo‘lajak bosh qo‘mondondir. Qonunga ko‘ra, monarx harbiy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. U birinchi yilni Saragosadagi armiya akademiyasida o‘tkazishi, so‘ngra dengiz bazasiga borishi, u yerda dengizchi sifatida ta’lim olishi va nihoyat u havo kuchlari akademiyasida uchinchi yilini o‘tkazishi e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!