Ispaniya chempionatida o‘yin vaqtida muxlis yurak xurujidan vafot etdi

Ispaniya chempionatida o‘yin vaqtida muxlis yurak xurujidan vafot etdi

Ispaniya Primyerosidan o‘rin olgan «Granada» – «Atletik Bilbao» uchrashuvi vaqtida stadiondagi muxlislardan birining yuragi xuruj qilib qoldi.

Marca xabariga ko‘ra, o‘yin 18-daqiqada to‘xtatilgan va «Granada» shifokorlari tribunadagi muxlisga defibrillyator bilan yordam berish uchun borishgan. Afsuski, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Natijada stadiondagi muxlislar va futbolchilarga ovoz kuchaytirgich orqali uchrashuvni bekor qilish haqidagi xabar e’lon qilindi.

Yig‘ilganlarning barchasi marhum muxlis xotirasiga qarsaklar bilan munosabatda bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!