Islomni birinchi bo‘lib qabul qilgan sahobalar

Islomni birinchi bo‘lib qabul qilgan sahobalar

Ibn Saloh rahmatullohi alayhning tahqiqlariga ko‘ra birinchi bo‘lib Islomni qabul qilgan sahoblar deganda quyidagi zotlar tushuniladi:

– Hur erkaklardan: Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu;

– Balog‘atga yetmagan yosh bolalardan: Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu;

– Ayollardan: Xadicha bintu Huvaylid roziyallohu anho onamiz;

– Ozod qilingan qullardan: Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu;

– Qullardan: Bilol roziyallohu anhu. 

Faqihlik bilan mashhur bo‘lgan sahobalar

Bir qancha sahobalar fiqhiy masalalar bilimdoni sifatida mashhur bo‘lganlar. Shu ma’noda quyidagi zotlardan ko‘plab fatvolar naql qilingan:

– Umar ibn Xattob roziyallohu anhu;

– Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu;

– Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu;

– Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu;

– Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu;

– Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu;

– Oisha roziyallohu anho.

Eng ko‘p fatvo bergan sahoba

Eng ko‘p fatvo bergan sahoba “Qur’on tarjimoni” deb nom olgan Abdulloh ibn Abbos[4] roziyallohu anhumo hisoblanadi. Chunki xulofoi roshidinlar va Abdulloh ibn Mas’ud[5] singari ilmda peshqadam bo‘lgan zotlar sahobalarning ko‘pchiligi hali hayot bo‘lgan paytlarda vafot etib ketganlar. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo esa sahobalar kamayib, ularning ilmlariga ehtiyoj kuchaygan vaqtlarda yashab o‘tgan. Shu sababli bu zotning fatvolari ko‘proq naql qilingan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!