Islomda kulgiga munosabat qanday?

A A A
Islomda kulgiga munosabat qanday?

Kulgi haqida so‘z ketar ekan, bu borada odamlarning tutumlari turlicha bo‘lib, kimdir unga berilib, mukkasidan ketsa, kimlardir kulguni butunlay qoralab, uning har qanday ko‘rinishini adabsizlik fahmlayotganini ko‘rasiz.

Kulgi o‘zi nima? Islomda kulgiga munosabat qanday? Peshvolarimiz bu borada qanday yo‘l tutganlar? Kulgining qanday foyda va zararlari bor? Quyidagi satrlarda ushbu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Alloh subhanahu va taolo Qur’oni Karimda O‘zining betakror ne’matlarini, cheksiz qudratining namunalarini sanay turib: «Kuldirgan ham, yig‘latgan ham Uning O‘zidir», deydi ("Najm" surasi, 43‑oyat).

Ha, kulish ham, yig‘lash ham Alloh taoloning insonga bergan ulug‘ xislatlaridan hisoblanadi. Inson gohida nimadandir shodlanib, hayratlanib, kuladi, ba’zan esa nimadir ko‘ngilsizlikdan og‘rinib, yig‘lashga tushadi. Ba’zan quvonchdan ham insonning ko‘ziga yosh qalqiydi. Har qaysi holatda ham inson o‘zining ichki tuyg‘ularini, kechinmalarini u yoki bu ko‘rinishda izhor etadi, dilini yozadi. Biroq, buning sababini o‘zi izohlay olmaydi, nega shundayligini o‘ylab, oxiriga yeta olmaydi. Zero, Alloh uni shunday yaratgan, bu xususiyatni unga U Zotning O‘zi joylab qo‘ygan. Agar Alloh unga ushbu ne’matni bermaganida, o‘zining qo‘lidan hech nima kelmasligi aniq.

Demak, Qur’oni Karimga ko‘ra, kulgi ham Alloh insonga in’om etgan tortiqlardan biri sanaladi.

Tavba surasida munofiqlar xususida «Endi ular kasb qilgan narsalari «mukofoti»ga kam kulib, ko‘p yig‘lasinlar!» deyiladi, ya’ni ular qilgan jinoyatlari, ikkiyuzlamachilik qilganlari bois kam kulib, ko‘p yig‘lasinlar.

Munofiqlardan farqli o‘laroq, Qur’oni Karimda mo‘minlarga xushxabarlar, bashoratlar beriladi. Binobarin, mo‘min banda hamisha yaxshilik umidida, kayfiyati chog‘, shodon yurishga harakat qilishi kerak. Zero, xush kayfiyat muvaffaqiyatlarning kalitidir, tushkunlik esa xato va toyilishlarning sababchisidir. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha hamma narsadan yaxshilik izlashga intilardilar, shumlanishni xushlamasdilar. Shuning uchun ham u zot sertabassum edilar, tushkunlikka tushishni qattiq qoralardilar. Zimmalaridan bemisl katta mas’uliyat turishiga, payg‘ambarlik hayotlari mehnatu mashaqqatlarga, xavfu xatarlarga to‘la bo‘lishiga qaramay, hamisha tabassumli edilar, o‘rni kelganda hazil qilib, kulib ham turardilar. Keling, so‘zimiz quruq bo‘lmasin uchun nabaviy siyratdan ayrim namunalarni keltiraylik.

Imom Buxoriy Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

«Yahudiylarning bir ahbori kelib, «Qiyomat kuni Alloh osmonlarni bir barmog‘iga, yerlarni bir barmog‘iga, suv va tuproqni bir barmog‘iga va xaloyiqni bir barmog‘iga qo‘yadi‑da, so‘ng ularni silkitadi. Keyin: «Podshoh Menman! Podshoh Menman!» deydi», dedi. Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning uning gapiga hayratlanib, tasdiqlab kulayotganlarini ko‘rdim, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi».

Yahudiy olim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuborilgan vahiyda kelgan ma’lumotlarga monand gap aytish bilan o‘zi bilib‑bilmagan holda u zotning payg‘ambarliklarini tasdiqlab qo‘ydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bundan shodlanib, uning gapini tasdiqlash ma’nosida kuldilar, hatto oziq tishlari ham ko‘rinib ketdi.

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, «Halok bo‘ldim!» dedi. U zot: «Senga nima bo‘ldi?» dedilar. «Ramazonda ahlim bilan yaqinlik qilib qo‘ydim», dedi. «Qul ozod qila olasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedi. «Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedi. «Oltmish miskinga taom bera olasanmi?» dedilar. «Yo‘q», dedi. «Unda o‘tirib tur», dedilar. U o‘tira turdi. Shu payt Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bir katta savatda xurmo olib kelishdi. U zot (haligi odamga): «Shuni olib, sadaqa qil», dedilar. U: «Buni o‘zimizdan ham faqirroqqa beramanmi?» dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi. «Buni bola-chaqangga yedirgin», dedilar». Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olamlarga rahmat o‘laroq yuborilgan edilar. Ko‘ngillariga hamma birdek sig‘averar edi. Umar roziyallohu anhudek o‘ta jiddiy, qattiqqo‘l odamlar ham, Abu Bakr roziyallohu anhudek dono va bosiq insonlar ham, Usmon roziyallohu anhudek tortinchoq, ko‘ngilchan kishi ham, Aliy roziyallohu anhudek shijoatli zotlar ham u zotning huzurlaridan joy olib, panoh topar edi. Xuddi shuningdek, hazilkash insonlarning ham alohida o‘rni bor edi.

Imom Buxoriy Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Abdulloh degan kishi bo‘lib, uning laqabi «eshak» edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kuldirib turar edi. Lekin Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni ichkilik tufayli savalatgan ham edilar. Bir kuni uni yana olib kelishdi. U zot buyurdilar, uni savalashdi. Shunda qavmdan bir kishi: «Allohim, uni la’natlagin, buncha ko‘p olib kelinavermasa!» dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uni la’natlamanglar! Allohga qasamki, u Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko‘radi deb bilaman», dedilar».

Qarang, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning axloqlari naqadar go‘zal! E’tibor bering‑a, u zot boshqalar nazar‑pisand qilmay turgan, ustiga‑ustak xamr ichib, jazoga giriftor bo‘lib turgan odam haqida qanday ham go‘zal gaplar aytmoqdalar! «O‘zi bu masxaravoz, yengiltak odam edi, u edi, bu edi», desalar ham bo‘lardi. Ammo nabaviy axloq mazkur odamning eng yaxshi sifatini topib, namoyish etishni taqozo qilardi. Bu yuksak xulq qayoqda‑yu, bugungi o‘zini o‘ta taqvodor, din uchun fidokor qilib ko‘rsatib, oddiy musulmonlarni qo‘ying, ummatga eng ulkan xizmatlarni taqdim qilgan, bir umr ilm‑ma’rifat taratib, din uchun hayotini fido qilgan insonlar haqida og‘ziga kelganini aytib vaysayotgan nobakorlar qayoqda...

Tabassum ham kulgining bir turi, yengil shakli hisoblanadi. Dinimizda kulgining ushbu turi qattiq targ‘ib qilingan va hatto ibodat darajasiga ko‘tarilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir hadislarida: «Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqadir», deganlar. U zot bu borada ham barchaga o‘rnak edilar.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzimga faqat tabassum bilan qarardilar», degani bejiz emas, albatta. Oisha roziyallohu anho ta’kidlaganidek, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zi sertabassum zot edilar, ahllarining huzuriga kirganlarida esa yana ham sertabassum bo‘lib ketardilar.

Ha, boshqalarda oddiy odat yoki qandaydir shaxsiy manfaat uchun qilinadigan tabassum Islomda eng savobli amallardan hisoblanadi. Hamisha qovoqni uyib, sun’iy jiddiylik yasash dinimiz ko‘rsatmalariga ziddir. O‘rinli tabassum va me’yordagi kulgi insonning sharafiga putur yetkazmaydi, aksincha, bu mo‘min kishiga munosib holatdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulgi va hazil borasida ham mo‘’tadil edilar. O‘zlarini juda jiddiy tutib, qovoq solib, yuzlarini burishtirib ham yurmasdilar, o‘rni kesa‑kelmasa hazil qilib, xaxolab kulib, yengiltaklik ham qilmasdilar. U zotning bu boradagi siyratlarini ko‘z oldimizga keltirish uchun ayrim misollar keltirsak.

Imom Ahmad va Abu Dovudlar Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:

«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning Rasuli, menga ham birorta tuya bering», dedi. U zot: «Menda sen uchun tuyaning bolasidan boshqa narsa yo‘q», dedilar. Haligi odam qayrilib ketayotgan edi, u zot: «O‘sha katta tuya ham tuyaning bolasi emasmi?» dedilar».

Bir kampir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarirga kelib, «Duo qiling, jannatga kirayin» deb so‘radi. Shunda u zot: «Jannatga kampirlar kirmaydi», dedilar. Kampir yig‘lagancha qaytib ketayotgan edi, uni chaqirib, «Alloh taoloning: «Biz ularni(hurlarni) daf’atan, maxsus yaratdik va ularni bokira qizlar tengdosh jononalar qilib qo‘ydik», degan so‘zini eshitmaganmisiz?» dedilar. (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ibn Hibbon o‘zining «Sahih»ida keltirgan rivoyatda aytiladiki, Zohir degan bir badaviy Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hadya olib kelib turar ekan. Bir kuni u bozorda savdo qilayotgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning orqasidan kelib, mahkam quchib oldilar. U: «Kim bu? Qo‘yib yubor meni», der edi. Nihoyat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tanib qolib, yelkasini u zotga yopishtirib oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazillashib: «Manavi qulni kim sotib oladi?» deya boshladilar. Shunda Zohir: «Mening bozorim o‘tmaydi, ey Allohning Rasuli», dedi. Bunga javoban Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Lekin Allohning huzurida bozoring chaqqon», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rni kelganda sahobalari bilan ana shunday beg‘ubor, samimiy hazil qilib ham turardilar. To‘g‘ri, hadislarda ko‘p kulishdan qaytarilgan, o‘rinsiz kulgi, yolg‘on gap bilan kuldirish qoralangan. Ammo bu har qanday kulgi taqiqlanadi yoki odobga zid degani emas. O‘rni kelganda, ko‘ngil yozish ma’nosidagi va odob doirasidagi kulgi hech qachon nomaqbul sanalmagan.

Abu Dardo roziyallohu anhu: «Men ayrim bekorchi narsalar bilan yuragimni dam oldiraman», degan.

Ato ibn Soib aytadi: «Sa’id ibn Jubayr bizga qissa aytib berib, hatto bizni yig‘latar edi. Gohida esa bizni kuldirmaguncha o‘rnidan turmas edi».

Abu Faraj ibn Javziy rahmatullohi alayh: «Ulug‘ olimlar lutfni yoqtirganlar va uni qo‘llab, kulganlar. Zero, bu kishiga xordiq bo‘ladi, tafakkur toliqishini bartaraf etadi», degan.

Ahmad ibn Amin «Fayzul‑xotir»da aytadi: «Hayotga kulib boqqan kishilar o‘zlari ham baxtiyor bo‘ladilar, ishlashga ham qudratliroq bo‘lishadi, mas’uliyatni ham ko‘proq ko‘tara olishadi, kulfatlarga yuzma‑yuz turishga, qiyinchiliklarni bartaraf etishga va nafaqat o‘zlariga, balki odamlarga ham foydali bo‘lgan buyuk ishlarni qilishga yaroqliroq bo‘lishadi».

Tabassum va me’yordagi kulgiga ana shunday munosib o‘rin berilgani tufayli musulmon ulamolar turli kulgili hodisalarni, zarofat va lutf namunalarini satrlarga tushirib, maxsus asarlar ham yozishgan. Misol uchun, Abdulg‘aniy Itriy «Adabunad‑dohik» (Mutoyibali adabiyotimiz) degan asar yozgan. Bu borada zamonamiz olimlaridan Oiz Qaraniyning «Ibtasim» (Tabassum qil) degan kitobi ham mashhurdir.

Ha, Islom – hayotiy din. U osonlik dinidir. U insonlarga xushxabarlar beradi, ularni rag‘batlantiradi. Bu din nuqul qo‘rqitavermaydi, balki ko‘proq bashoratlar berib, yaxshilikka muhabbat uyg‘otadi. U barcha xalqlarni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Shuning uchun ham uning shiori «Qiziqtiringlar, bezdirib qo‘ymanglar!» bo‘lgan. Shuning uchun unda ikki joiz ishning  yengilini tanlash targ‘ib qilingan. Shuning uchun ham u hayotbaxsh va bunyodkordir.

Xulosa qilib aytganda, Islomda barcha narsa me’yorda bo‘lishi talab qilinadi. Jumladan, tabassum ham, kulgi ham o‘z o‘rnida, odob asosida bo‘lishi kerak. Me’yorida bo‘lsa, axloqsizlikka tortmasa, kulish joizdir. Ibodatga, ilmga, umuman yaxshi amallarga rag‘batni yangilash, qalbni shunga tayyorlash uchun ko‘ngil yozish mazmunida, odob doirasida hazil‑mutoyiba qilish, kulish dinimizda yomon sanalmagan, balki o‘rni kelganda targ‘ib qilingan ishlardandir. Shu bilan birga, bo‘lar‑bo‘lmasga kulaverish, faqat kulgi bilan kun kechirish, behayo, bachkana ishlar va so‘zlarga kulish va shu kabilarni aytib kuldirish durust emas. Ayniqsa, kuldiraman deb, «ishton ichida» o‘ralashib yurish mutlaqo joiz emas. Balki kishining zakovatini o‘stiradigan, topqirlik va ziyraklikka chorlaydigan nozik gaplar, lutflar bilan kulish yoqlanadi.

Ming afsuslar bo‘lsinki, ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiriy aytgan «iflos bir moziy» tufayli hozirgi kunda «askiya» deyilsa nuqul o‘sha iflos, jirkanch mavzudagi qochirimlar, bachkana gaplar tushuniladigan bo‘lib qolgan. O‘zini bilgan odam bunday «zamonaviy askiyalar»ni oila davrasida yoki biror tayinli odam bilan birga ko‘ra olmaydi, buni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Oshib tushib, buni «san’at» deb atab olishgan. Ularning bu «san’at»lari xalqning hayo pardasi shikstlanishiga, ma’naviyatining cho‘kishigia, saviyaning tubanlashuviga sabab bo‘lmoqda. Aslida esa askiya – bu so‘z o‘yini, mutoyiba san’ati, zakovatni ishlatish hunari, ammo bunday qabohatlar unga mutlaqo begonadir. Buni unutmaslik kerak.

Ayrim odamlar o‘ylagandek, kulgi sharafli kishilarga  nomunosib, odobdan tashqari holat emas. Ko‘pchilikda shunaqa noto‘g‘ri qarash bor: go‘yo ahli ilm odam umuman kulmasligi kerak, u mudom jiddiy yurishi lozim. Ba’zi haddidan oshgan, qalbi tor kishilar esa birorta olimnig kulganini ko‘rsa, «Musulmonlar shuncha qiynalib tursa, bu odam nega kuladi?» deb po‘pisa ham qiladi. Bunday gaplarning barchasi sof insoniy tabiatga, dinimiz qarashlariga zid ekani shubhasiz.

Yuqorida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sertabassum zot bo‘lganlari, ba’zan sahobalar bilan hazillashib, gohida biror hadis aytish asnosida hatto oziq tishlari ko‘rinadigan darajada bemalol kulganlari haqidagi rivoyatlarni o‘rganib o‘tdik. Ularning ko‘pligidan bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning umumiy hayot tarzlari ekanini anlash qiyin emas. Vaholanki, o‘sha davr voqeligiga nazar solinsa, musulmonlar to Makka fath bo‘lguniga qadar xavfu xatarda, turli tazyiqlar, tajovuzlar ostida yashaganlar. Fathdan keyin ham bir qancha jangu jadallar bo‘lgan, bir qator musulmonlar talofat ko‘rgan. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam holat shunday bo‘ldi deb, kulgini o‘zlariga harom qilib olmaganlar yoki boshqalarni bundan qaytarmaganlar, mahzun yurish kerak demaganlar. Aksincha, u zot hamisha musulmonlarni tushkunlikdan chiqarish payida bo‘lganlar, doimo ularning ko‘ngillarini ko‘tarib turganlar.

Kulgining foydalari:

1.  Me’yordagi kulgi asabning toliqishini bartaraf etadi, ko‘ngilni yozadi, ruhiy quvvat baxsh etadi. Bunda niyatni to‘g‘ri qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

2.  Kulish sog‘likka foydadir. Ayniqsa, chin yurakdan, samimiy kulish insonning qalbida qurum bo‘lib yotgan siqindilarni aritadi.

3.  O‘rinli kulgi odamlarning qalbini rom qiladi, muhabbatiga sabab bo‘ladi. Xo‘mraygan odam hech kimga yoqmaydi.

4.  Kulganda kishining aqlu zakovati namoyon bo‘ladi.

5.  Fasohat, balog‘at, zarofat bilan aytilgan kulgili so‘zlar aqlu zakovatni charxlaydi.

 Kulgining zararlari:

1.  Ko‘p kulish qalbni o‘ldiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.

2.  O‘rinsiz kulish kishining hurmatini, e’tiborini ketkazadi.

3.  Ko‘p kulish kishini yengiltabiat, ma’uliyatsiz qilib qo‘yadi. Bunday odam jamiyatning muammolarini ko‘ra olmaydi, muolaja qila olmaydi, jiddiy ishlarni bajarishga yaramay qoladi.

4.  Ko‘p kulish sog‘likka zarar, yurakni toliqtiradi, jismni charchatadi.

 So‘ngi so‘z o‘rnida shuni aytish joizki, kulish, hazil‑mutoyib qilish insoniy ehtiyoj bo‘lib, dinimizda bu mavzuga ham alohida e’tibor berilgan. Yuqoridagi bitiklar bir muqaddima, xolos. Bu borada yana ko‘plab ma’lumotlar topish mumkin. Xususan, musulmon ulamolarning mutoyibaga doir asarlarini tarjima qilish, shu kabi asarlar yaratish zamon talabidir, desak, xato bo‘lmaydi. Ularda yuqorida biz zikr qilgandek qiziq voqealar, zarofat va lutf namunalari o‘rin olgan. Ularni o‘rganish bir tarafdan ma’naviy boyligimizning hali o‘rganilmagan yangi bir jabhasini qayta tiklash bo‘lsa, ikkinchi tarafdan halolni taqdim qilish orqali haromni siqib chiqarish uchun harakat bo‘ladi. Ahli ilmlarimiz mana shu jabhaga ham e’tibor berishsa, yomon bo‘lmasdi.

Qolaversa, bugungi kunda musulmonlarga har tarafdan turli xil musibatlar, kulfatlar, dilni mahzun qiladigan holatlar to‘lib-toshib ketgani hech kimga sir emas. Bu hol musulmonlarda tushkunlik, umidsizlik kayfiyatini kuchaytirmoqda. Bu esa ularning faoliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki tushkun kayfiyatdagi odamda nofaollik, xato tasarruf va boshqa yomon holatlar yuz beradi. Shu bois, bugungi kunda musulmonlar o‘rtasida yaxshi xabarlar, kayfiyatni ko‘taradigan gaplarni kengroq yoyish matlubdir. Jumladan, kishining kayfiyatini ko‘taradigan, ko‘nglini yozadigan, tashvishini aritadigan qiziq gaplar va mutoyibalardan ham foydalanish joiz. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek, musulmon kishi uchun har qanday vaziyatda ham xursand bo‘lsa, shodlansa arziydigan holatlar bor. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, “Mo‘minning ishi naqadar ajoyib! Ne’mat yetsa, shukr qiladi, ajr oladi, musibat yetsa, sabr qiladi, ajr oladi. Bu hol mo‘mindan boshqada yo‘q”.

Alloh taolodan musulmonlarga hamisha xursandlik yetkazishini, ularni halol bilan rizqlantirib, harom narsadan behojat etishini so‘raymiz. U Zot o‘ta karamli va mehribondir.

Hasanxon Al-MUQRIY

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya bilan chegaradosh ikki davlat AQSh qo‘shinlarini joylashtirishga tayyor

Бу ҳақда Гитанас Науседа ва Кароль Навроцкий баёнот берган.

2026 yilda dunyoda eng yirik harbiy havo kuchlari

АҚШ замонавий ҳарбий авиация соҳасида ҳали ҳам дунёда энг йирик ҳаво кучига эга давлат сифатида баҳоланмоқда.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хунан провинциясидаги саноат корхонасида юз берган фожиа оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани муносабати билан Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзинпинга ҳамдардлик билдирди.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Tramp Hormuz rejasini 50 soatdan so‘ng to‘xtatdi

Маълумотларга кўра, Трамп бу қарорни операция бошланганидан икки кун ўтмасдан қабул қилган.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди