ECHL. «PSJ» ikkinchi bor ketma-ket finalda: Myunxendagi durang parijliklarga yo‘llanma taqdim etdi (VIDEO)
«PSJ» Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumi yarim final javob uchrashuvida safarda «Bavariya» bilan durang o‘ynadi — 1:1. Uchrashuv «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi ilk gol muallifi uchinchi daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi Usmon Dembele bo‘ldi. 90+4-daqiqada esa «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn hisobni tenglashtirdi.
Parijda o‘tgan dastlabki bahs «PSJ»ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:5) Fransiya klubi Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. «PSJ» o‘z tarixida uchinchi bor turnirning hal qiluvchi bahsida ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda klub ilk bor YECHL g‘olibiga aylangan edi.
Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumi finalida «PSJ» «Arsenal» bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«BAVARIYa» (Germaniya) — PSJ (Fransiya) — 1:1
(Umumiy hisob — 5:6)
Gollar: Usmon Dembele 3 (0:1), Harri Keyn 90+4 (1:1).
«Bavariya»: Noyer, Upamekano (Karl, 85), Ta (Kim Min Dje, 68), Stanishich (Deyvis, 68), Laymer, Kimmix, Pavlovich, Musiala (Djekson, 79), Dias, Olise, Keyn.
PSJ: Safonov, Markinyos, Pacho, Nunu Mendesh (Mayulu, 85), Zair-Emeri, Vitinya, Joau Nevesh, Ruis (Beraldo, 76), Kvarasxeliya, Due (Ernandez, 76), Dembele (Barkolya, 65).
Ogohlantirishlar: Ta (33), Dias (78), Kimmix (90) — Nunu Mendesh (8), Kvarasxeliya (45), Markinyos (86).
