Islom moliya tizimi yoxud Alloh va Rasuli kimlarga qarshi urush ochgan?

A A A
Islom moliya tizimi yoxud Alloh va Rasuli kimlarga qarshi urush ochgan?

An’anaviy moliya tizimi, xususan, uning kapitalistik falsafasi tamomila “o‘z manfaatini ko‘zlash” tushunchasi ustiga qurilgandir. Unda ahloqiy qadriyatlarlarga o‘rin yo‘q,  balki ular buni (o‘z manfaatini ko‘zlash) bir tabiy nizom o‘laroq qabul qilishadi. 

Aslida, o‘z manfaatini ko‘zlash tushunchasi insoniyatning qaror qabul qilishda oqildir degan tahminlarga suyanadi. Shundan kelib chiqib mulohaza qilinadiki, an’anaviy iqtisod: “Shaxsiy g‘arizalarni qondirishga bo‘lgan  rag‘bat, o‘z-o‘zidan, shaxslar jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shishligi uchun turki bo‘ladi”, degan nazariyani olg‘a suradi. Shu sababli bo‘lsa kerak, o‘z manfa’tini ko‘zlash doktrinasi an’anaviy iqtisod tizimining poydevori sifatida e’tirof etiladi. 

Islom moliyasi esa islom dinini asosiy poydevor sifatida qabul qiladi va uning chegrasini buzmagan holda shakllanadi. Shariatning ta’limotlari bizga nafaqat Allohga ibodat qilish ilmini, balki inson hayotining barcha jabhalarini, xususan iqtisodiy hayotni tartibga solish va muammolarni yechish kabi ilmlarni taqdim etadi.  Musulmonlar modomiki Allohga bo‘lgan iymonni da’vo qilishar ekan, ular eng samimiy, eng adolatli bo‘lmoqligi va barcha insoniy qadriyatlarni o‘zida jam qilgan holda, boshqa insonlar bilan jamiyatda munosabtga kirishishlari lozimdir. 

Ibni Taymiyyah rahimahulloh aytadilar: “Bozor tartibi bu ahloqiy qadriyatlar va huquqiy qoidalar asosida boshqariladigan ijtimoiy va iqtisodiy tizimdir”. 
Voqelikda islom iqtisodiyoti quyidagi diniy asoslarga suyanadi:

1.  Tavhid: Allohning yagonaligi va Uning qudratda tengsizligi;

2.  Rububiyat: Alloh Taolo barcha narsaning Robbisi, Sheriksiz egasi, Yolg‘iz yaratuvchi, Olamni boshqarib uning utidan tasarruf qiluvchi, bandalarning Xoliqi, Roziqi, tiriltiruvchi va o‘ldiruvchi  ekaniga qat’iy ishonish va Allohning qazosi va qadari hamda Zotida yolg‘izligida iymon keltirsh, bir so‘z bilan aytganda Alloh Taoloni o‘z ishlarida yolg‘iz sanash demakdir.

3.  Risolat: payg‘ambarlik va haqqa chaqiruvchi;

4.  Oxirat: qiyomat kuniga iymon va barcha qilingan amallar uchun javobgarligiga ishonishdir;

5.  Istixlaf: er yuzida Allohning xalifasi o‘laroq yashash;

6.  Tazkiya: poklanish va yuksalishdir; 

7.  Kafala: ijtimoiy birdamlik;

8.  Adolat: tenglik va adolat; 

9.  Falah: farovonlik yoki Bu dunyo va oxiratda muvaffaqiyat qozonishdir.

2007 – 2009-yillarda sodir bo‘lgan jahon moliyaviy inqirozining ayanchli oqibatlari bugun hech kimga sir emas. Bu holatlarni yaxshilab o‘rgangan ko‘plab olimlar:

“Moliya tizimini axloq va qadriyatlar asosida shakllantirish barqaror va samarador moliya bozorini vujudga keltirishning asosiy kafolatidir” degan xulosaga kelishdi. 

Bunda Islom Moliya tizimi eng yaxshi o‘rnak bo‘lishga arziydigan tizimligi kundan kunga oydinlashmoqda. Shu ma’noda islom moliya tizimining ashaddiy tarafdorlari tomonidan doimiy ta’kidlanib kelinayotgan urg‘u, bu – Islom moliyasining an’anaviy moliya tizimidan asosiy farq qiladigan jihati ya’ni ahloqiy va ma’naviy qadriyatlar asosiga qurilganidir.

Keling, iqtisodiy tizimlar haqida bazi mulohazalarni qilamiz. Hozirda siz bilan bizning hayotimiz sekulyar iqtisod tizimi bilan mustahkam qorishib ketdi. Shu sababli biz bu iqtisod tizimining fundamental tayanchi bo‘lgan o‘z manfa’tini ko‘zlash tamoyillaridan aslida qaysidir ma’noda azob chekmoqdamiz. 

An’anaviy iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, Islom iqtisodi va moliyasi shariatning ko‘rstamalari doirasida amal qiladi va hech bir holatda shariatning hadlaridan chiqishlikka haqqi yo‘q. Chunki shariatning hadlaridan chiqishlik bilan islom iqtisodi va moliyasi o‘zining islomiylik tushunchasini yo‘qotadi. Demak, har qanday vaziyatda ham shar’iy ta’limotlar islom iqtisodining birlamchi va ajralmas asoslari bo‘lib qolaveradi. Bir so‘z bilan aytganda Islom iqtisodi va moliyasi e’tiqodiy ta’limotlar asosida shakllanib, shariatning maqsadlari soyasida taraqqiy etadi.

Demak, islom iqtisodi shariatning maqsadlari ya’ni ijtimoiy manfa’atlar (maslaha) uchun xizmat qilish va ijtimoiy zararlarni (mafsada) oldini olish tamoyillari orqali shakllanadi va yo‘naltiriladi. Masalan, jamiyatdagi har bir shaxsni muhofaza qilish va xususiy mulkchilikga ijozat berish bu mutloqa boshqalar manfa’atini poymol qilish orqali bo‘lmaslik kerak dedi.

Shariatning maqsadlaridan kelib chiqib, islom moliyasi adolat, tenglik, ishonch, halollik, ijtimoiy muvozanat va yakdlillik uchun kurashadi. Islom moliyasi ushbu ahloqiy normalar orqali va shariatda ko‘zda tutilgan boshqa ahloqiy majburiyatlar asosida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, halol va harom tushunchasi jamiyatdagi  har bir shaxs uchun ahloqiy filter vazifasini o‘taydi hamda islom moliyasi uchun huquqiy asoslarini shakllantirishda muhim tayanch hisoblanadi.

Islom iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lgan halol savdo-sotiq va boshqa barcha turdagi biznes amaliyotlariga bog‘liq faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga ribo va unga elituvchi barcha vositalar,  spekulativ amaliyotlar, noqonuniy va ahloqsiz biznes faoliyatlaridan uzoq bo‘lishiga chaqiradi. 

Shu sababli, Islom moliya muassasalariga Islomning shar’iy ko‘rsatmalari va ahloqiy qoidalariga to‘gri kelmaydigan loyihalarni moliyalashtirishga aslo izn berilmaydi. Bu kabi loyihlarga: spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, fahsh filmlar, qimorxonlar faoliyatiga tegishli bo‘lgan ishlar va shu kabi butun jamiyatga zararli bo‘lgan har qanday turdagi bizneslar kiradi. 

Islom sudxo‘rlik (ribo), ortiqcha noaniqlik (g‘aror) va qimorni (maysir) taqiqlaydi va ikkinchi tomondan maslahani (jamiyat manfaati) targ‘ib qilish bilan bozor sharoitida barcha tomonlarning manfaatlarini muhofaza etadi. 

An’anaviy moliya tizimida keng qo‘llaniladigan narsa; berilgan mablag‘ hisobidan ustama orqali foyda olish aslida qarz beruvchiga ham qarzdor uchun ham adolatsizlikdir. Qarzdor o‘zining moliyaviy vaziyati va yuritgan biznesining oqibatlaridan qat’iy nazar o‘z qarzini foiz evaziga to‘liq qaytarish kerak. Shuning uchun ham bu adolatsizlikdir.

Boshqa tomondan esa, agarda tikilgan sarmoyadan keladigan daromad miqdori belgilangan ustama darajasidan yuqori bo‘lsayu lekin qarz beruvchi belgilangan ustamadan tashqari tikkan mablag‘idan daromad ololmasligi ham adolatsizlikdir. Ayniqsa bu holat bankga qo‘yilgan omonatlardan foyda olishda yaqqol ko‘rinadi.

Chunki omonatchi odatda pastroq miqdroda qo‘ygan omonatidan daromad hosil qiladi, bank esa omonatlardan foydalanish hisobiga yirik daromad ko‘radi. Xususan, rivojlanmagan davlatlarda bu holat yana ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sababi, omonatga pul qo‘yuvchilar (qarz beruvchi) odatda oddiy xalq va undan yirik daromad ko‘ruvchilar esa katta-katta korporasiyalardir. Bu holatda bank kichik omonatchilardan mablag‘larni yig‘ib, uni yirik korporasiylarga yo‘naltiradi. Bu kabi korporasiylar omonatchilarga to‘lanadigan foiz stavkasidan bir necha barobar miqdorda foyda ko‘radilar. Bu adolatsizlik bo‘lmay nima adolatsizlik bo‘lsin! 

Garchi Qur’oni ka’rimda ribo taqiqlanishing aniq sabablari bayon etilmagan bo‘lsada,  Qur’on va Hadisi shariflarga suyanib Islom ulamolari ba’zi fikrlarni bayon qilganlar. Masalan, Siddiqi (2004) quyidagi beshta sababni keltirib o‘tadi

1.  Ribo jamiyatni buzuvchidir.

Alloh Taolo Quroni Karimda, Rum surasining 37-41-oyatlarida shunday marhamat qiladi:

Ular Alloh O‘zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaydilarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir (37). 

Bas, qarindoshga, miskinga va yo‘lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o‘shalar najot topguvchilardir (38). 

Rizq berish Alloh taoloning qo‘lida bo‘lgach, rizqning kamayib qolishidan qo‘rqmay, qarindosh-urug‘larga, miskinlar va safari tufayli muhtojlikka tushib, yo‘lda qolganlarga haqlarini ber. Xayr-sadaqa qil. Sening qo‘lingdagi rizqi ro‘zda ularning ham haqlari borligini unutma 

Odamlar mollari ichida ziyoda bo‘lsin, deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo‘lmas. Allohning yuzini ko‘zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o‘shalar, bir necha barobar qilib olguvchilardir (39).

Mavzuga doir:
Ribo: mohiyati va turlari

 

«Ribo» o‘zbek tilida «sudxo‘rlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga ma’lum muddatga ma’lum miqdor pulni ustiga foiz qo‘yib qaytarish sharti ila berishidir. Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha ko‘p bo‘lsa ham, ziyoda bo‘lmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yo‘q. Balki gunoh bor. «Zakot» so‘zi o‘zbek tilida «pokiza» va «ziyoda» ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham bo‘ladi 

Sizlarni xalq qilgan, so‘ngra rizqlantirgan, keyin o‘ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan, kim ana shularingizdan birortasini qila oladi?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo‘ldi (40). 

Qilgan amallarining ba’zisini tottirish uchun, odamlar qo‘llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo‘ldi. Shoyadki ular qaytsalar (41).  
Odamlardagi buzuq e’tiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, quruqlikdayu dengizda buzg‘unchilik ustun kelishiga sabab bo‘ladi.

Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod o‘zlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musibatlar ularga tanbeh bo‘lishi, zalolatdan hidoyatga, noto‘g‘ri yo‘ldan qaytishlariga sabab bo‘lishi kerak.

2.  Riboda o‘zgalarning molini botil yo‘l bilan o‘zlashtirish bor. 

Yahudiy bo‘lganlarga ularning zulmi, Allohning yo‘lidan ko‘p to‘sganlari uchun o‘zlariga halol qilingan narsani harom qildik (Niso surasi, 160-oyat).

Va qaytarilgan bo‘lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo‘l bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayorlab qo‘ydik (Niso surasi, 161-oyat).

3.  Riboning oqibati doim nuqsonli va salbiy o‘sish bilan yakunlanadi.

Alloh riboni doimo nuqsonga uchratadi va sadaqalarni ziyoda qiladi. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko‘rmas (Baqara surasi,  276-oyat).

Sudxo‘rning puli hisob jihatidan ko‘p bo‘lsa ham Alloh uning barakasini ko‘tarib, yegani o‘ziga yuqmaydigan qilib qo‘yadi. Sudxo‘rni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan ko‘p balo-ofatlarga duchor qiladi. Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga o‘xshaydi. Aslida esa, ish buning teskarisi bo‘ladi: Alloh «sadaqalarni ziyoda qiladi». Agar hisobda sadaqa qiluvchining moli hajmi oz bo‘lsa ham, Alloh unga baraka ato qiladi, balo-ofatlardan saqlaydi, o‘zini tinch, xotirini jam qiladi.

4.  Ribo inson shaxsiyatini xorlikga olib boruvchidir. 

Alloh Taolo o‘zining kalomida buni quyidagicha ta’riflaydi:

Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib jinni bo‘lgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday bo‘lishi ularning, tijorat ham riboga o‘xshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav’iza kelganda to‘xtasa, avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohning O‘ziga havola.

Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar ( Baqara surasi, 276-oyat). 

5.  Ribo, bu –adolatsizlikdir.

Qur’oni karimda bu quyidagicha tavsiflanadi:

Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas (Baqara surasi,  279-oyat).

Sayid Muhammad Ali

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya bilan chegaradosh ikki davlat AQSh qo‘shinlarini joylashtirishga tayyor

Бу ҳақда Гитанас Науседа ва Кароль Навроцкий баёнот берган.

2026 yilda dunyoda eng yirik harbiy havo kuchlari

АҚШ замонавий ҳарбий авиация соҳасида ҳали ҳам дунёда энг йирик ҳаво кучига эга давлат сифатида баҳоланмоқда.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хунан провинциясидаги саноат корхонасида юз берган фожиа оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани муносабати билан Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзинпинга ҳамдардлик билдирди.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Tramp Hormuz rejasini 50 soatdan so‘ng to‘xtatdi

Маълумотларга кўра, Трамп бу қарорни операция бошланганидан икки кун ўтмасдан қабул қилган.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди