Islandiya Rossiyadagi elchixonasini yopdi

Islandiya Rossiyadagi elchixonasini yopdi



1 avgustdan boshlab Islandiyaning Moskvadagi elchixonasi ishi to‘xtatiladi.

"Bu oson qaror emas, chunki Islandiya 1944-yilda mustaqillikka erishganimizdan beri Rossiya xalqi bilan boy munosabatlarga ega. Biroq, hozirgi vaziyat Islandiyaning kichik diplomatik xizmatiga Rossiyada elchixonaga ega bo‘lishiga imkon bermayapti", - deydi tashqi ishlar vaziri Tordis Gilfadottir.

“Umid qilamanki, sharoitlar bir kun kelib Rossiya bilan normal va samarali munosabatlar o‘rnatishimizga imkon beradi, ammo bu Kreml qabul qiladigan qarorlarga bog‘liq”, — deya qo‘shimcha qildi vazir (elchixona saytidan iqtiboslar).

Shu bilan birga, Islandiya Rossiyadan Reykyavikdagi elchixona faoliyatini cheklashni va diplomatik vakolatxona darajasini pasaytirishni talab qildi. Bu talab Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 11-moddasi bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimlar soniga ishora qiladi - qabul qiluvchi davlat "sharoitda oqilona va normal deb hisoblagan" chegaralar ichida bo‘lishi kerak.

Moskvadagi elchixona faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror diplomatik munosabatlarni uzish emas va sharoitlar imkon berishi bilan Islandiya o‘z faoliyatini qayta tiklashga ustuvor ahamiyat beradi, deyiladi diplomatik missiya bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!