Ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida mingta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etiladi - Prezident

Ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida mingta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etiladi - Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.

Mahalladagi ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida 1 mingta mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etish dasturi boshlangan.

Davlatimiz rahbari 1 aprelga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkazni ishga tushirish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda G‘ijduvon, Buloqboshi, Zangiota, Farg‘ona tumanlari, Qo‘qon, Marg‘ilon, Urganch shaharlarida kamida 20 tadan shunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.

Umuman, 2023 yilda yana 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida hududlar va soha uchun mas’ul mutasaddilarning axboroti tinglandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!