Ishratxona tashkil etgan shaxsga jazo tayinlandi

Ishratxona tashkil etgan shaxsga jazo tayinlandi

Jamiyatda odob-axloq qoidalariga rioya etilishi yoshlarning benuqson ulg‘ayishi kafolatidir.

Umuman olganda axloq normalariga rioya qilish jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan holat bo‘lsa-da, ayrim axloqsizliklar borki, ularni qonunlar asosida ta’minlashga ehtiyoj mavjud.

B.B. ham ana shunday axloq normalariga, erkaklik g‘ururi va nomusiga zid harakatlarni moddiy daromad topish maqsadida sodir etdi-yu, lekin buning uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri kelishini o‘ylab ko‘rmadi.

Natijada B.B. sodir etgan qilmishi uchun sudning qora kursisiga o‘tirishga majbur bo‘ldi.

Gap shundaki, B.B g‘arazli niyatda qo‘shmachilik qilish yo‘li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida, o‘z yashash uyida fuqaro V.X. va M.S.larni jinsiy aloqa qilishlari uchun xona ajratib, ularga sharoit yaratib, qo‘shmachilik qilib, buning evaziga V.X.dan 70.000 so‘m pullarni olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, 70.000 so‘m xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan jinoyat ishi mazmunan ko‘rilib, B.B.ga JKning 131-moddasi 1-qismi bilan ba’zaviy xisoblash miqdorining 25 baravarida 6.750.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Noaxloqiy yo‘l bilan mo‘may daromad olishni maqsad qilgan sudlanuvchi sudning hukmi bilan katta miqdorda jarima to‘lashi bilan birga sudlangan degan tamg‘ani ham oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!