Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, ishga qabul qilish chog‘ida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni talab qilmasdan, davlat organlari va tashkilotlari mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integrasiyalashuv platformalari orqali so‘rab olishi belgilanmoqda.
Mazkur Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga o‘tishi ta’minlanishiga, davlat organlari va tashkilotlarida xodimni ishga qabul qilishda noqonuniy rad etish holatlari kamayishiga, shuningdek, ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish kabi byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.
Автомобилдан фойдаланиш давридаги харажатлар машина танлашдаги муҳим жиҳатлардан ҳисобланади. Ҳар доим ҳам автомобилнинг нархи тўғри кўрсаткич эмас, нархи арзонроқ машина кейинчалик кўп чиқимга сабаб бўлиши ҳам ҳеч гапмас.
2022 йилгача Россиянинг автомобиль бозори дунёдаги энг йирик 10 таликка кирган бўлиб, кўпчилик автомобиллар Ғарб компаниялари томонидан ишлаб чиқариларди.
Фростнинг таъкидлашича, Британия фалокатга юз тутмоқда, чунки мамлакат банкротлик ёқасида. Унинг сўзларига кўра, бюджетни тўлдиришнинг барча мумкин бўлган усуллари вазиятни янада оғирлаштиради.
"Раҳмат, президент Трамп! ХЖСга қарши бу қарорингиз АҚШ ва Исроилни адолат ниқоби остидаги ғаразли ва коррупциялашган суддан ҳимоя қилади", — деди Нетаньяху.
Осиёга етказиб бериладиган асосий тур – Arab Light” нефтининг нархи март ойидан бошлаб ҳар баррел учун 2,4 долларга оширилади. Бу 2022-йил августидан бери энг катта ўсиш ҳисобланади.
Қарор Президент Доналд Трамп ўзининг иккинчи муддатининг биринчи кунида Қўшма Штатлар БМТ соғлиқни сақлаш органидан чиқишини эълон қилганидан икки ҳафта ўтиб қабул қилинди.
Ал-Жазира хабар берганидек, Малайзия Ташқи ишлар вазирлиги пайшанба куни фаластинликларнинг мажбуран кўчирилиши этник тозалаш ва халқаро ҳуқуқ ва БМТнинг кўплаб резолюцияларини бузиш эканлигини айтди.