Iroq aholisiga internet qaytarildi

Iroq aholisiga internet qaytarildi

Iroq poytaxti va janubiy viloyatlardagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davomida faoliyati to‘xtatilgan internet butun mamlakatda to‘laqonli ishlay boshladi.

“Al-Hadath” ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni internet hech bir izohsiz butunlay o‘chirib qo‘yilgach, Bag‘dod, Basra, Kerbeli va boshqa shaharlardagi millionlab odamlarning undan foydalanishi cheklangandi.

Bu cheklov mamlakat shimolidagi kurd aholi punktlariga tegishli bo‘lmagani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!