Iqlimning isib ketishi, qishda qor yog‘masligi. Hamma hammasi Sen tufayli ''Carbon Dioksid!''

A A A
Iqlimning isib ketishi, qishda qor yog‘masligi. Hamma hammasi Sen tufayli ''Carbon Dioksid!''

Ha, dunyoda global iqlim o‘zgarishi havo haroratining ko‘tarilib ketish jarayonini tezlashtirib yubordi. Iqlim nima uchun isimoqda? Iqlimshunos olimlar bu masalani yoritishda 3 gruhga bo‘linishgan. 3 guruh vakillari 3 xil fikrlaydi.

1-guruh. Atmosfera havosida is gazi ulushining ortib borishi. Dunyodagi jami iqlimshunoslarning 83%i shu nazariya tarafdorlaridir. Shaxsan kamina ham iqlimning isib borishiga ayni sabab deb shu omilni ko‘rsatib kelganman.

2-guruh. Astronomogik sabablar. Bu guruh tarafdorlari 16 % ni tashkil etadi. Ular iqlim o‘zgaruvchanligini Quyosh yorituvchanligi, Yer orbitasi elementlarining o‘zgarishi, Yer o‘qi holatidagi tebranishlar bilan bog‘lovchi gipotezalar deb bilishadi.

3. Geografik va geofizik sabablar. A.L Vegenerning ʼʼMateriklar suzib yuradiʼʼ gipotezasini qo‘llab-quvvatlovchi guruh a’zolari. Hozirgi iqlim isishiga materiklar o‘lchamining o‘zgarishi, vulqonlar otilishi omili asosiy sabab deb fikrlovchi g‘oya tarafdorlari. Bu g‘oyani qo‘llab quvvatlovchilar ancha kam.

Keling, 1-guruh vakillarining ilmiy farazlariga to‘xtalib o‘tamiz.

CO₂ - Bu kimyoviy birikma shunchalik ʼʼmashhurkiʼʼ, mashhurligidan unga uch xil nom berishgan. Karbonad angidrid gazi, is gazi hamda Karbon dioksidi... Aynan shu birikmaning atmosfera havosidagi arzimagan ulushi - havo haroratining isish yoki sovishiga, yil fasllarining almashish qonuniyatlarining ʼʼbuzulishigaʼʼ olib keladi. Demoqchimanki, shu gaz Yer iqlimini Yerning evolyusiya tarixi davomida ʼʼnazoratʼʼ qilib kelgan.

Hozirda dunyoda atmosferadagi karbonat angidrid gazi(is gazi) tarkibi atmosfera ulushining 0,0418% ini tashkil etmoqda. Bu haqida BMTnining atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti(YUNEP) eksperti 24-sentyabr Nyu York shahrida o‘tkazilayotgan butun jahon iqlim samitetida aytib o‘tdi.

Is gazi. Bu gazning atmosferadagi miqdori XX asr boshidan o‘rganib kelinadi. 1900 yillarda uning atmosferadagi tarkibi 0,03 % atrofida bo‘lgan.1950 yilda esa 0,031%, 1965 yil esa 0,032%(aynan shu yildan zavod-fabrikalardan atmosferaga milionlab tonna karbonat angidrid gazlari chiqarilish ya’ni ʼʼsanoat inqilobiyʼʼ davri boshlangan) hamda uning qiymati 2018-yil 0,04% dan oshib ketdi.

Uzgidrometning ʼʼIqlim o‘zgarishiʼʼ mavzusidagi blyutenlarida Yer yuzi yotqiziqlaridagi moddalar tarkibini o‘rganish asosida, oxirgi ming yillikda atmosferadagi is gazi miqdorining 0,028-0,03 % atrofida tebranib turganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud. E’tibor bering, oxirgi ming yillikda uning qiymatlarida deyarli o‘zgarishni sezmaysiz. Ammo, Yer yuzi tarixida hozirgi atmosfera tarkibidagi is gazi miqdori eng baland qiymat emas.

Er yuzi evolyusiya tarixida is gazining atmosferadagi hissasi 0,02-0,42 % o‘rtasida tebranib turgan.

Misol, bundan 5-6 ming yil oldin Golotsen iqlim optimumida atmosferadagi is gazi miqdori huddi hozirgidek 0,04 % atrofida bo‘lgan. O‘shanda Yerda hozirgiga yaqin ob-havo sharoiti kuzatilgan. Havo haroratlari yuqori kengliklarda 4-5 darajaga, o‘rta kengliklarda 1-2 darajaga(O‘zbekiston ham shu kenglikda) yuqorilagan. Bu davrda oxirgi 17 ming yil ichidagi muzlik maydonlarining eng kichik qiymatga ega bo‘lishi kuzatilgan(Hatto hozirgi muzlik maydonidan ham kichik maydonga ega bo‘lgan). Biotizim tubdan o‘zgargan. Keng bargli, issiqni sevuvchi daraxtlari ko‘p o‘rmonlarning shimolga siljishi maksimumga yetgan. Momant kabi ayrim hayvon turlari qirilib ketgan. Ammo, o‘shanda havo harorati hozirgi kunlardagidek bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik miqdorlari katta masshtabli maydonlarda hozirgidan 100-200 mmga ko‘proq bo‘lgan(O‘zbekistonda ham hozirgiga nisbatan ko‘p yomg‘ir yog‘gan). Ayrim kichik masshtabli hududlardagina hozirgidan 50-100 mmgacha kam yog‘in yog‘gan. Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida havo nisbiy namligi hozirgiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p bo‘lgan.

9-11 ming yil ilgari atmosferadagi is gazi salmog‘i aksincha juda kam miqdorni tashkil etgan(0,022%). Aynan shu davrda muzliklar maydoni maksimal janubga surilgan. Havo harorati hozirgidan 2-3 darajaga past bo‘lgan. Tabiiyki, okean suvlari satxi ham hozirgidan ancha past bo‘lib, aynan shu davrda Homo sapiens(aqlli odam)lar Osiyoning shimoli-sharqiy qismi Kamchatkadan Bering bo‘g‘ozi orqali dengiz kechib, Amerika qit’asining Alyaska hududlariga o‘tib olishgan. Bu davr sovuqsevar igna bargli daraxtlarning maksimum janubga keng maydonni egallaganligi bilan tavsiflangan.

Bundan 125 ming yil oldin kuzatilgan Riss-Vyurm oralig‘idagi iqlim optimum davrida sayyoramizning o‘rtacha havo harorati hozirgidan 1,8 daraja, yuqori kengliklarda 5-6 daraja, o‘rta kengliklarda 2-4 daraja, tropiklarda esa 0,1-0,9 daraja yuqori bo‘lgan. Subtropik iqlim zonalarida hozirgidan ko‘p yomg‘ir yog‘gan.

3,3-4,5 mln yil oldin kuzatilgan Pliosen iqlim optimumi yuqorida qayd etilgan optimumlarning hammasiga qaraganda balandroq havo haroratiga ega bo‘lgan. Eng katta farq yuqori kengliklarda kuzatilgan. Shimoliy yarim sharda havo harorati naqd 10-13 darajagacha yuqorilagan. O‘rta kengliklarda bu farq 2-7 darajagacha, subtropik va tropik mintaqalarda 1,5-2 darajagacha issiq bo‘lgan. Umuman, bu davrda o‘rtacha havo harorati hozirgidan 3,5-4 daraja yuqori bo‘lgan. Bu davrda ham yog‘in miqdori yuqori kengliklarda hozirgidan 150-200 mm ko‘p yog‘gan. Hattoki, hozirda Afrika, Osiyo va Avstraliyaning ʼʼjonsiz-bepoyonʼʼ cho‘llarida savanna kabi landshaftlar tarqalgan. O‘sha davrda is gazi miqdori atmosferaning 0,055 % ini tashkil etgan.

Atmosferada is gazining eng yuqori ulushi 320-345 mln yil oldin Quyi Karbon davrida qayd etilgan ekan. Unda is gazining atmosferadagi ulushi hozirgi qiymatdan naqd 10 barobar yuqori bo‘lgan(0,42%). Bilasizmi, bu davrda atmosferada havo shu darajada nam bo‘lganki, ekvator hamda qutblar iqlimi deyarli bir xil bo‘lib qolgan. Yer qobig‘i go‘yoki haqiqiy parnik bilan qoplangandek taasurot qoldirgan(Bilasiz-a, parnik ichi dim, hamma qismida havo harorati bir xil bo‘ladi). Janubiy qutbdagi hozirgi o‘rtacha 2500-2800 metr qalinlikdagi muzliklardan asar ham qolmagan. Antarktidada keng bargli daraxtlardan tortib, dinozavrlargacha yashagan haqiqiy biotizmning gurkiragan davri bo‘lgan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, atmosferada is gazi miqdorining ko‘payishi Yerning uzoq o‘tmishlarida yuqori kengliklardagi havo haroratining keskin ko‘tarilishi, havoda nisbiy namlikning ko‘payishiga natijada, yomg‘irlarning ko‘p yog‘ishiga sabab bo‘lgan ekan. Demak, biz ham yaqin kelajakda yog‘ingarchilik miqdorining ortish hodisasiga duch kelishimiz mumkin ekanda.

Biz uzoq o‘tmish singari atmosferada is gazi miqdorining keskin o‘zgarishlari uchun ming balki, million yillar o‘tishini kutmadik. Nari borsa 50 yil ichida atmosfera tarkibidagi is gazi miqdorini 0,031%dan 0,04% ga ko‘tarilib ketish xodisasini boshdan o‘tkazdik. Yer evolyusiya tarixida aynan shu masalada qisqa muddat ichida bunchalik tez ʼʼsakrabʼʼ ketish hodisasi kuzatilmagan bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, 65 mln yil oldin Yerning Meksika ko‘rfaziga astroid tushib, iqlim keskin o‘zgargandir, ammo u isish jarayoni bilan emas, aksincha sovish jarayoni bilan kechgan. Uning ustiga bu o‘zgarishlarga atmosferadagi is gazi miqdori qiymatlarining zarracha ta’siri bo‘lmagan. Bu hodisa katta tur dinozavrlar davriga yakun yasagan.

Aytgancha, global iqlim o‘zgarishi ya’ni isish yoki sovish doim qandaydir biotizmni muvozanatdan chiqargan. Qaysidir turlar yo‘qolib, qaysilaridir paydo bo‘lib kelgan. Hozir ham aynan global iqlim o‘zgarishi tufayli yaqin kelajakda oq ayiq, delfinlar, baland parvoz qiluvchi qushlarning qaysidir turi yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.

ʼʼSanoat inqilobʼʼ davri. 1976-2010 yilgacha bo‘lgan davr. Aynan shu davr meteorologik kuzatuvlar tarixidagi 4 davrdan eng issig‘idir(Biz 2010-yildan keyingi undan ham issiq 5-davrda yashayapmiz). Bu davrda zavod, fabrika, korxonalardan chiqayotgan is gazi singari zaharli moddalar hisobiga, havo harorati keskin ko‘tarilib ketdi. Hozirda meteorologiyada hamma omillar aynan shu davrdagi iqlimiy parametrlarga nisbatan solishtiriladi.

ʼAtlas Decoloniyaʼʼ kompaniyasining ʼʼKarbon-Majors 2017ʼʼ loyihasiga ko‘ra, dunyoda atmosferaga chiqarilayotgan is gazi miqdorining 71% ulushi rivojlangan davlatlardagi 100 ta yirik transmilliy koorporasiyalar hissasiga to‘g‘ri kelarkan. 71%... Bu juda katta ulush, ishonavering. Ular ichida birinchi o‘rinda Xitoyning yirik ko‘mir kompaniyasi(dunyoda atmosferaga chiqarilayotgan is gazining 14,3%ini shu birgina kompaniya chiqaradi), ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistonining neft kompaniyasi va uchi​nchi o‘rinda Rossiyaning Gazpromi turadi. Ammo ulardan chiqayotgan atmosferani ifloslantiruvchi moddalar miqdorini ʼʼjilovlashʼʼ yoki tartibga keltirish imkonsiz. Ular nafaqat karbonat angidrid gazlari, balki millionlab tonna boshqa metan hamda azot oksidi singari gazlarni ham atmosferaga chiqarishmoqda. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, u gazlarning atmosferadagi ulushi xuddi is gazi ulushi singari parallel ravishda ko‘tarilib ketayotganligini yuzaga keltirdi. Ayni, shu omillar Yer evolyusiya tarixidagi is gazi miqdorining iqlim o‘zgarishiga ta’siri bilan mos ravishda solishtirish uchun imkon bermasligi mumkin.

Demak, rivojlangan davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan iqlim o‘zgarish modellar asosida, is gazi konsentrasiyasi ortishi global iqlim o‘zgarishiga, iqlim o‘zgarishi esa quyidagi global oqibatlarga olib kelishini o‘rganib chiqamiz.

XXI asrda kutilayotgan isish suratlari inson xayol doirasiga sig‘maydi. Isish shimoliy yarim sharning yuqori kengliklarida ayniqsa kuchli seziladi. Iqlim zonalari qutblarga suriladi. Atmosfera yog‘inlari miqdori asta-sekin ko‘tarilib boradi, lekin ayrim hududlarda kamayishi mumkin. Yog‘in miqdori ortishi mumkin bo‘lgan hududlarning katta qismida ularning yillararo tebranishi kuchayadi, qurg‘oqchilik toshqinlar bilan almashinib turadi.

Muzliklar chekinishda davom etaveradi, Shimoliy yarim sharda qor qoplami, doimiy muzloq yerlar va dengizdagi muz qoplamlarining kamayishi jadallashadi.

Dunyo okean satxi-emissiya ssenariyalariga muvofiq, XXI asr oxiriga borib hozirgidan 9-88 smga ko‘tariladi. Bunday ko‘tarilish okean suvlarining isish hisobiga kengayishi, muzliklar va qutblardagi muzlarning shiddat bilan erishi natijasidir. Bu suv toshqini xavfini oshiradi, to‘fonlar soni ortadi. Qirg‘oq bo‘yi davlatlar suv bosishidan ko‘p jabr ko‘radi.

Salbiy ta’sirlar: Baholashlarga muvofiq, Yer sharining katta qismida ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarning katta qismi joylashgan tropik va subtropik zonalarda ko‘proq bo‘ladi. Tropik siklonlarda shamolning chegara qiymatlari va atmosfera yog‘inlarining jadalligi ortadi, tabiiyki, qurbonlar soni ham ko‘payadi.

Isish va dengiz sathining ko‘tarilishi ekosistemalar mahsuldorligining o‘zgarishiga olib keladi. Bunda yuqorida aytib o‘tganimizdek, ayrim o‘simlik va hayvonot turlari yo‘qoladi. Eng katta xavf o‘ta sezgir ekosistemalar, jumladan marjon orollari, sohil bo‘yi o‘rmonlar, baland tog‘ ekosistemalari, tabiiy yaylovlar va doimiy muzloq hududlardagi ekosistemalarga tahdid soladi. Shuni ham alohida aytish lozimki, birinchi navbatda tub xalqlar va mahalliy turlar aziyat chekadilar. Chunki ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashash muhitiga asrlar davomida ko‘nikib qolganlar.

CO₂ konsentrasiyasining ortishi o‘simliklar uchun aslida foyda, ayniqsa keng bargli daraxtlar uchun. U o‘simliklarning birlamchi mahsuldorligining ko‘payishiga ta’sir etadi, lekin iqlim isishi ekosistemalar mahsuldorligining kamayishiga ham olib kelishini unutmaslik lozim. Issiqdan yong‘inlar, qurg‘oqchilik, zararkunandalar va boshqa turdagi qurt-qumursqalar bosqini kabi xavfli hodisalar tufayli ekosistemalarda sezilarli buri​lishlar bo‘lishi kutilmoqda. O‘rmonlar hamda torflarda kelib chiqadigan yong‘inlar shaharlar atmosfera havosi ifloslanishining ortishiga olib keladi. Buning oqibatida, turli kasalliklar va bemorlar o‘rtasida o‘lim xavfi ortadi.

Mo‘tadil iqlimli O‘zbekiston singari hududlarda haroratning qisman ko‘tarilishi hisobiga hosildorlik ortadi, lekin ancha sezilarli o‘zgarishlarda esa kamaya boshlaydi. Ayniqsa, bu mintaqada qish oylaridagi sovuq oqimlar kirib kelish davomiyligining kamayishi natijasida, tabiiy yaylovlardagi efemeroid o‘simliklarda vegatasion sikl buzilishi kuzatiladi. Natijada, tabiiy yaylovlar maydoni keskin qisqaradi. Bu esa ozuqa yetishmovchiligini yuzaga keltirib, chorva mollari sonining qisqarishiga, go‘sht narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Chunki yaylovlar dunyodagi chorva mollarining 50% ini ozuqa bilan ta’minlaydi.

Subtropik va tropik hududlarda haroratning har qanday oshishida hosildorlik kamaya boradi.

Iqlimning isishi YAIM ishlab chiqarishga ham ta’sir etadi. Haroratning 2-3 darajadan yuqori isishi dunyo bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi. Kambag‘al guruh bundan aziyat chekadi.

Iqlimning isishi odamlar sog‘lig‘iga, ayniqsa, tropik va subtropik mamlakatlardagi kam daromadli aholi guruhlariga salbiy ta’sir etadi. Chunki ular jazirama issiqqa, suv toshqinlari va dovullarga, kasallik tarqatuvchilar ta’siriga ko‘proq uchraydi. Malyariya, denge isitmasi, vabo kabi boshqa yuqumli kasalliklar tufayli o‘limlar soni ortishi kutiladi.

Iqlim isishining ayrim ijobiy foydali tomonlari ham bor. Masalan, baliqchilik... O‘rta kengliklarda baliqni o‘stirish uchun qulay bo‘lgan mavsumlar davomiyligining ortishi, qish davrida ularda tabiiy o‘limning kamayishi hisobiga ijobiy natijalar beradi. Undan tashqari, sovuq davrlarga nisbatan issiq davrda inson umri 10% ga uzayishi mumkin ekan.

Hozirgi is gazining atmosfera ulushidagi miqdori tibbiyot nuqtai-nazardan yetarli bo‘lmay, astma, bronxit, gipertoniya, ichamiq​, ich qotish, osteoxondroz va boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, insonlar bu kabi kasal​l​iklarga is gazining havoda ko‘payishi bilan bog‘liq holda kelajakda unga kamroq chalinishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

Turkiyada Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi ishlatilgan dronlari topildi

Дрон маҳаллий аҳоли томонидан топилган ва улар бу ҳақда расмийларга хабар беришган

Tramp Eronga 48 soat vaqt berdi

Бу ҳақда Трамп ўзининг Truth Social платформасида хабар қолдирди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди