IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ (intelligence quotient) darajasiga ega. Bu haqda International IQ test portali tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi reytingdan ma’lum bo‘ldi.

IQ test reytingi portal orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan.

Reytingdagi 4-10 o‘rinlarni Yaponiya, Singapur, Avstriya, Kanada, Germaniya, Sloveniya va Mo‘g‘uliston egallangan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston (64-o‘rin), O‘zbekiston (80-o‘rin), Qirg‘iziston (89-o‘rin) va Tojikiston (97-o‘rinda) o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastroq hududda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.

General and international distribution of IQ

IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

Distribution by age group


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!