Internetda Andijondagi aeroport yopilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Internetda Andijondagi aeroport yopilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

1 noyabr sanasidan boshlab Andijonga barcha parvozlar bekor qilingan. Sputnik nashrining yozishicha shahardagi havo yo‘llari xodimlari ishsiz qolish ehtimoli bor.

Aeroport vakillaridan rasmiy izoh olishning imkoni bo‘lgani yo‘q.

Milliy aviakompaniya rasmiy saytida ham "Andijon" yo‘nalishida reyslar jadvali olib tashlangan.

Sankt-Peterburgdagi "O‘zbekiston avialiniyalari" vakolatxonasida Pulkovodan Andijonga reyslar bekor qilingani va endilikda parvozlar Namanganga ko‘chirilganini ma’lum qilishdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" yagona ma’lumot xizmatida Rossiyadan Andijonga parvozlar 28 oktyabr sanasiga qadar bajarilganini xabar qilishdi. Hozir Moskvadan Farg‘ona vodiysiga Namangan yoki Farg‘ona orqali borish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Andijondagi aeroportda "ochiq osmon" tartibi joriy etilishi rejalashtirilayotgani va bu xorijiy aviakompaniyalarga Andijon aeroportiga xalqaro parvozlarni reyslar soni jihatdan cheklovlarsiz amalga oshirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan edi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!