«Internet ulamolaridan fatvo olmang». Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy masalada faqat zikr ahlidan so‘rash kerakligini aytdi

«Internet ulamolaridan fatvo olmang». Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy masalada faqat zikr ahlidan so‘rash kerakligini aytdi

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bahsli savollarni faqat olimlardan so‘rash kerakligini aytdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi.

«Shar’iatda mo‘min-musulmonlarni ikki qismga bo‘lishadi. Birinchisi, diniy ilmlarni bilgan, salohiyatli kishilar. Ikkinchi toifa oyatlarni, diniy qoidalarni o‘zicha tushunolmaydi. Shu tomondan, fatvo jihatdan odamlar ikkiga bo‘linadi.

Alloh Taolo Qur’onda turli misollar keltiradi, o‘sha zarbulmasallarni hamma ham tushuna olmaydi. Faqat olimlar fahmlaydi. Demak, olimning vazifasi — mana shu tushungan narsasini boshqalarga yetkazish.

Odamlar bor, turli kitoblar o‘qiydi, bilim oladi. Mana shular din haqida gapirayotganda «menimcha» degan so‘zni ishlatadi. Mana shu «menimcha» deydigan odam biz aytgan olim, mushtahid odam. U odam shariatni o‘rganib chiqib, fikr aytadi. Ammo diniy bilimi yo‘q, savodi yo‘q odam bu haqda fikr bildirishga haqi yo‘q. Shunchaki o‘sha ulamolarga ergashmog‘i kerak bo‘ladi.

Qo‘shtirnoq ichidagi «internet ulamolaridan» fatvo oladiganlar bor. Bu narsadan saqlanish kerak. Har qaysi so‘raladigan narsani imom domlalardan so‘rab borish kerak. Fatvo esa O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan chiqariladi», — deydi muftiy domla.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!