Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Akrom Malik ishiga diqqat qaratmoqda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Akrom Malik ishiga diqqat qaratmoqda

2016 yil 22 iyuldan buyon qamoqda saqlanayotgan adabiyotshunos Akrom Malik "ishi"ga Inson huquqlari bo‘yicha Respublika Milliy markazi diqqat qaratmoqda. Markaz rahbari Akmal Saidov mahkum Akrom Malik masalasi bilan shug‘ullanish va tegishli hujjatlarni yig‘ish haqida yordamchisi Otabek Norboyevga topshiriq bergan. Yaqinda Akrom Malikning otasi Piskent tumani bosh imom xatibi Abdulhamid Malikov shu masalada markazga murojaat qilgan edi. Shuningdek, adabiyotshunosning do‘stlari, bir guruh yozuvchi-shoirlar ham mazkur ishga e’tibor qaratilishini iltimos qilishganini shoir va tarjimon Abdulhamid Pardayev xabar qildi.

"Sof.uz"ning yozishicha, Akmal Saidov Akrom Malik "ishi"dan xabardorligini aytgan. Kelgusi hafta ichida mahkum Akrom Malik jazo o‘tayotgan 48-manzil koloniyaga borib, u bilan uchrashmoqchiligini ma’lum qilgan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish hamda to‘liqroq ma’lumot olish uchun Inson huquqlari Respublika markaziga qo‘ng‘iroq qildik, biroq bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Akmal Saidov koloniyaga borganligini bilish, hozircha, imkonsiz.

Eslatib o‘tamiz, Akrom Malik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti va navoiyshunos tadqiqotchi edi. U o‘z "jinoyat ishi" haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan ochiq xatida bayon qilgan va ozodlik so‘ragan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!