Imtiyozli pensiya kimlarga beriladi?

Imtiyozli pensiya kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar, chunonchi:

Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;

Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.

Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:

a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, I qism);

b) bevosita yer osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar-basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, II qism);

v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro‘yxat, III qism).

Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini-erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;

g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, IV qism);

ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, V qism);

ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat,VI qism);

d) sportchilarning ayrim toifalari-ish staji kamida 20 yil bo‘lganda.

Pensiya jamg‘armasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!