Ilkay Gundo‘g‘an Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Ilkay Gundo‘g‘an Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

«Barselona» yarimhimoyachisi va Germaniya milliy jamoasi sardori Ilkay Gundo‘g‘an xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

32 yoshli futbolchi so‘nggi haftalar davomida bu borada uzoq o‘ylab, shunday qarorga kelganini ma’lum qilgan.

«2011 yilda ona vatanim jamoasida debyut qilayotganimda 82ta o‘yinda maydonga tushishni orzu ham qila olmasdim. Hozir esa o‘tkazgan o‘yinlarimni faxr bilan tomosha qilaman.

Milliy jamoadagi eng yorqin lahza – Yevro-2024da Germaniya milliy jamoasining sardori bo‘lganim edi. O‘z uyimizdagi turnirda muxlislar biz bilan faxrlana oladigan darajada to‘p surdik, deb o‘ylayman. Turnirdan oldin charchoq alomatlarini his qilayotgandim. Shu bois bu haqda o‘ylab ko‘rishga qaror qilgandim. Sababi klub va milliy jamoalar o‘yinlari soni oshib bormoqda», - deydi Ilkay.

Ma’lumot uchun, Gundo‘g‘an milliy jamoa safida 19ta gol muallifiga aylangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!