Ilk bor og‘ir ahvoldagi bemorning ekstrakaranial arteriyalariga endovoskulyar usulda stent o‘rnatildi

Ilk bor og‘ir ahvoldagi bemorning ekstrakaranial arteriyalariga endovoskulyar usulda stent o‘rnatildi

Ilk bor og‘ir ahvoldagi bemorning ekstrakaranial arteriyalariga endovoskulyar usulda stent o‘rnatildi

Abdurasul Yulbarisov,
Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi direktori o‘rinbosari:

— Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi dunyoda erta o‘lim sabablari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Xususan, ishemik insultga chalinganlarning katta qismi hayotdan ko‘z yumishi yoki umrbod nogironlikka mahkum bo‘lishi achinarli holat.

🔬 Shu bois bu xastalikning oldini olish, uni samarali davolash va og‘ir asoratlarini bartaraf etish zamonaviy tibbiyot oldidagi dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Chunki qator davlatlar klinikalarida uyqu arteriyalarida bajariladigan jarrohlik amaliyotlar soni minimal.

🏥 Bu omillar 2017 yilda yurtimizda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etilishi uchun asos bo‘ldi.

🧠 Markazning faoliyat yo‘nalishi miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini tatbiq etishga qaratilgan.

🩺 Bu yerda uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlar ilg‘or uslub va yuqori texnologiyalar asosida muolaja qilinmoqda.

✅ So‘nggi yillarda muassasada yangi amaliyotlar o‘zlashtirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili ilk bor surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligi 4 ta darajasida ishemik insult o‘tkir davrini boshdan kechirayotgan bir nafar bemorning ekstrakaranial arteriyalariga ilk bor endovoskulyar usulda stent o‘rnatildi.

📌 Shuningdek, murakkab operasiyalar viloyatlar darajasiga tushirilmoqda. Chunonchi, markaz tomonidan Farg‘ona viloyatida ilk bor transkranial oksimetriya tekshiruvi amaliyotga tatbiq etildi. Natijada bemorlarda intraoperasion insult xavfining oldi olish uchun imkoniyat yaratildi. Qolaversa, markazimizning Farg‘ona mintaqaviy filialida ochiq usulda uyqu tomirlarida murakkab amaliyotlar o‘tkazildi.

🔎 Binobarin, Sirdaryo viloyatida 25 nafar, Toshkent viloyatida 30 nafar bemorda transkranial dupleks skanerlash tekshiruvi amalga oshirildi. Shu tufayli intrakranial arteriyalar anevrizmasini erta tashxislash yo‘lga qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!