Ikki nafar bokschimiz prof ringda debyut qiladi

Ikki nafar bokschimiz prof ringda debyut qiladi

AQShning Kaliforniya shtati Indio shahrida mashg‘ulotlarni o‘tkazayotgan bokschilarimizdan ikki nafari prof ringdagi debyut jangini o‘tkazadi.
Gap og‘ir vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hamda yengil vaznli charm qo‘lqop ustamiz Mahmud G‘oipov haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, bu ikki bokschimiz ham Rossiyaning "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashgan edi. Bokschilarimizning ilk raqiblari tez kunda ma’lum bo‘ladi. Ayni paytda jang yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!