Ijtimoiy tarmoqlar: muloqot uchun yoki manipulyasiya va “xayp” uchun maydonmi?

A A A
Ijtimoiy tarmoqlar: muloqot uchun yoki manipulyasiya va “xayp” uchun maydonmi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlar aholining hokimliklar bilan muloqot qilishlari uchun maydon vazifasini o‘tamoqda, u yoki bu hujjatlar, hodisalar va jarayonlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishda foydalanib kelinmoqda. Xususan, fuqarolar mansabdor shaxslarga ularning shaxsiy va u ishlaydigan davlat organining sahifalari orqali murojaat qilmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo‘yicha ochiq fikr bildirmoqda.

Ko‘p hollarda bu muammolarga blogerlar, alohida internet-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarning minglab foydalanuvchilarining faol fuqarolik pozisiyasi tufayli o‘zaro maqbul yechimlarni topishga erishilmoqda. Fuqarolarning fikrlari, konstruktiv takliflari, garchi ular ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan bo‘lsada, inobatga olinmoqda, bu bilan davlat va jamoatchilik boshqaruvida aholining keng ishtiroki ta’minlanmoqda.

Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralar va ijtimoiy hayot aralashtirib yuborilishining salbiy ta’sirlari ham bor. Misol tariqasida populizm, jamoat ongini manipulyasiya qilish, “trollar fabrika”si, feyk (yolg‘on) xabarlar, insonlarning sha’ni va qadr-qimmatini, tashkilotlarning ishchanlik obro‘sini qoralovchi axborotlarni tarqatish, internet-bulling kabilarni aytish mumkin.
Biz mazkur yo‘nalishda mavjud holat, qonunchilik va xorij tajribasini tahlil qildik. 

Rasional argumentlar hissiy qoliplarga yutqazadi

Yolg‘on xabarlar ishonchli va ob’ektiv axborotlarga qaraganda tez tarqaladi va ba’zan katta zarar keltiradi. Yangilikdek tuyuladigan yolg‘on xabarni tarmoq foydalanuvchilari tezroq ulashishga harakat qiladi, bu esa turli-tuman mish-mishlar, uydirmalar, agressiyani keltirib chiqaradi, davlat organlari, biznesga ishonchsizlik paydo qiladi. Xabar ulashishda birinchi bo‘lish amalda qo‘llaniladi: kim birinchi aytgan bo‘lsa, u haq. Agarda yolg‘on xabar ortidan rasman raddiya bildirilsa, bu odamlar unga ishondi, degani emas. Bunda rasional argumentlar hissiy qoliplarga yutqazadi. Britaniya siyosatchisi Uinston Cherchil aytganidek: «Haqiqat ishtonini kiyguncha, yolg‘on dunyoning yarmini aylanib chiqishga ulguradi»


Pandemiya davrida mish-mishlar va asossiz axborotlar tarqalishi odamlar orasida vahima uyg‘otadi.  Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘g‘rilar narkotik modda shimdirilgan tibbiy niqoblarni tarqatayogani, O‘zbekiston bo‘ylab vertolyotlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi haqidagi yolg‘on xabarlar, karantin paytida har bir yurtdoshlarimizga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi, pandemiya sabab kirish imtihonlari bekor qilinishi va boshqa shu kabi mish-mishlar tarqaldi. Davlat tuzilmalari bularning barchasini rad etdi va fuqarolarni yolg‘on axborotlarni tarqatishdan avval ma’lumotlarini tekshirishga chaqirdi.  


Yana bir jihat borki bu — feyk, ya’ni soxta akkauntlar. Tarmoqlarda o‘z fikrlarini ochiq bayon qilishga, yangi tashabbus va takliflarini bildirishga tayyor fuqarolar bilan birga “trollar” deb ataladiganlar ham tez-tez maydonga chiqishadi. Ular o‘ylab topilgan ismlar ostiga yashirinib, kinoyali postlar yoki jamoatchilik ongini boshqarishga urinuvchi ochiq yolg‘onlarni tarmoqlarga joylaydi. Izohlarda esa ko‘pincha adabiy tilda yozishmaydi, shaxsga o‘tadi, odamlarni obro‘zsizlantirishga, adovatni avj oldirishga harakat qilishadi. Bu tartibsizlik va g‘alayonlarga, moliyaviy zarar ko‘rishga olib kelishi mumkin.


Misol uchun, Zambiyada aholining 80 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi «ZESCO» davlat kompaniyasi Xitoyga sotilishi haqidagi yolg‘on xabar Internetda tarqalgach, minglab odamlar ko‘chaga chiqishdi. Feyk ortidan yuzaga kelgan mitinglar kompaniya aksiyalarini qulatdi. 


Ba’zida hazil ham halokatga olib keladi. Bundan ikki yil avval Hindistonda “samosud” ortidan o‘nlab kishilar vafot etdi. Notanish kimsalar WhatsApp messenjeri orqali oddiy odamlarni qotil va zo‘ravon sifatida ko‘rsatuvchi xabarlar tarqatgan.  

Moddiy zarar va biznes obro‘siga putur


Feyk xabarlar xiyla vositasi sifatida nafaqat ijtimoiy-siyosiy sohada, balki ishbilarmonlik davrasida ham foydalaniladi. Ular tadbirkorlik sub’ektlarini ham katta iqtisodiy yo‘qotishlar va obro‘siga putur yetkazish bilan «hoyhoy»lab turishadi. Masalan, 2016 yilda AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning millionlab tarafdorlari PepsiCo kompaniyasi mahsulotlariga boykot e’lon qilishdi. Shundan so‘ng, internet tarmoqlarida go‘yo kompaniya rahbariyati ularga qarshi ekanligi haqida yolg‘on axborotlar paydo bo‘ldi. Xabar chiqqan kuni AQShning iste’molchilarni qondirish darajasi uchdan bir qismga, dunyo bo‘yicha esa 20 foizga tushib ketdi. Kompaniya aksiyalarining narxi birjada keskin pasaya boshladi, vaziyatni yaxshilashga bir necha oy o‘tibgina erishildi. Baltimor universiteti (AQSh) hamda «CHEQ» kompaniyasi mutaxassislarining hamkorlikdagi tadqiqotlariga ko‘ra, aksiyalar va investisiyalar mavzusidagi yolg‘on axborotlar ularni vaqtincha qiymatini tushirishi mumkin, bu o‘zi bilan yiliga 39 mlrd dollarga yaqin ziyon keltiradi. 


Yaqinda O‘zbekistonning developer kompaniyalaridan birining asoschisi allakimlar uning nomi va kompaniyasining logotipidan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlarda feyk kanallar va guruhlar ochganini ma’lum qildi. Ular ochgan o‘sha guruhlarga har bir yangi odam qo‘shganga sovg‘alar va pul va’da qilib, 10 soat ichida 60 ming obunachilarga ega bo‘lgan. Bunday soxta akkauntlar kompaniya faoliyatini tahqirlamay qolmaydi. 


Soxta sahifalar paydo bo‘lgani haqida respublikadagi ommabop nashrlardan biri e’lon qildi. Alohida shaxslar Facebook, Instagram, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda kanal va sahifalar ochadi va unda turli mazmundagi, yangiliklar sayti uslubi va yo‘nalishiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan postlar, shu jumladan lotereyalar va qimor o‘yinlarini joylaydi.
So‘nggi vaqtlarda o‘zlarini ommabop so‘z bo‘lgan «bloger» deb atovchi fuqarolar tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ular mansabdorlar, tadbirkorlar, oddiy odamlar haqida har doim ham ob’ektiv bo‘lmagan axborotlarni to‘playdi, ularning suratlariga kontekstdan yulib olingan ma’lumotlarni  chapishtirib videomaterial shaklida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadi. Ayrim soxta blogerlar provokasion, ig‘vo materillar hisobiga ko‘proq obunachilarga ega bo‘lishga yoki ko‘proq pul ishlashga, boshqalari “xayp” qilishga urinadi. Yana ba’zilari qora maqsadlarda tarmoq foydalanuvchilarini manipulyasiya qiladi, o‘zining yoki «buyurtmachilar»ning qiziqishlarini yolg‘on dalillar bilan tarqatadi. Shunday internet foydalanuvchilari borki, hissiyotlarga berilib, haqorat va so‘kinishlar bilan oqibatini o‘ylamay yozadi.
Ba’zi shaxslar noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortilyapti. Shuning uchun fuqarolarda, shu jumladan blogerlarda nafaqat huquqi, balki majburiyatlari ham borligini unutmaslik kerak.
Masalan, o‘tgan yilning oktyabr oyida Samarqandda qurilish kompaniyasi 500 mln so‘m ma’naviy zarar yetkazgani uchun ikki bloger ustidan da’vo qo‘zg‘atdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob shahrida maxsus xizmatlar tomonidan soxta blogerlar ushlandi, ular mahalliy aholini qo‘rqitib, tovlamachilik qilib kelgan. Ya’ni bir to‘yda ayolni erkak bilan raqs tushayotganini videokameraga tasvirga olib, undan 1 000 AQSh dollari talab qiladi, aks holda videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitadi. Aniqlandiki, qo‘lga olingan bloger bundan avval ham bolalar bog‘chasida go‘yo aynigan go‘shtdan taom tayyorlanayotgani haqida rolik e’lon qilgan.
2020 yilning aprel oyida o‘zini bloger deb atagan samarqandlik tadbirkor ichki ishlar organlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgani, xizmat paytida davlat xizmatchilarini haqoratlagani va tasvirga olgani uchun 15 sutka qamalab chiqdi.  Joriy yilning may oyida esa yana bir soxta bloger qo‘lga olindi, u Bekobod dehqon bozori (Toshkent viloyati)ning mansabdor shaxsini bozordagi antisanitar holat olingan videokadrlarni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan 1 000 AQSh dollari undirgan. 

Prezidentga murojaat


Yana bir tendensiya kuzatilmoqda. O‘zbekistonning turli hududlaridan odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bevosita davlat rahbariga murojaat qilmoqda. Ular uyini buzilishdan saqlab qolishda, bolasini bog‘chaga joylashtirishda, o‘zini ishga qayta tiklashda, biror mansabdorni javobgarlikka tortishda, vijdonsiz rahbarni jazolashda yordam so‘raydi, davlat organlari faoliyatidan shikoyat qiladi...
Prezident virtual qabulxonasi uch yildan ortiq vaqt faoliyat yuritayotgani, davlat rahbarining har bir tuman, shaharda xalq qabulxonalari tashkil etilgani, vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlik vakillari, shu jumladan hududlar hokimlarining virtual qabulxonalari mavjudligi, ular sayyor va shaxsan qabullar o‘tkazishlarini inobatga olib, bahsli savol tug‘iladi: nahotki ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar davlat organlarining xalq bilan muloqotida ishlab chiqilgan mexanizmlar orqali hal qilinmaydi? 
Odamlar huquqlari buzilgani haqida gapirishadi: mulk va mehnat huquqidan tortib shaxsiy va siyosiygacha. Biroq tushunarsiz vaziyat bor: bu fuqarolar davlat organlariga – prokuratura, adliya organlari yoki sudga Konstitusiyada kafolatlangan huquq va erkinliklarini himoya qilib avval murojaat qilganmi? Yoki ular muammolariga yechim topish uchun qonuniy tartibda murojaat qilishga harakat qilmay turib, jamoatchilik fikriga ta’sir qilishga, ularda xavotir uyg‘otib, go‘yoki masalasi o‘z foydasiga hal qilinmagan, qonun buzilgan deya maqsadiga erishishga intilishyaptimi? Shunday holatlar borki, sud ishlari davom etayotgan paytda, hali qaror chiqmasidan jarayon ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlarga sud organlarini qoralovchi postlar joylaydi. 

Huquqiy jihatlar 

Konstitusiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger Internet tarmog‘ida milliy, irqiy, etnik va diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Ushbu Qonunda bloger tushunchasiga aniqlik kiritilgan. U Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
«Axborot erkinliklari kafolatlari va prinsiplari to‘g‘risida»gi Qonunda ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkin va haqqoniylik axborot erkinligining asosiy prinsiplari belgilangan. Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. 
Yodda tutish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar, shu jumladan tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o‘rnatilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga muvofiq, agar haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa — bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha (44 mln 600 ming so‘m)  jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mediasavodxonlik va fakt-cheking

Internet keng imkoniyatlar eshigini ochadi, ayniqsa, pandemiya sharoitida bu o‘z tasdig‘ini topdi (masofaviy ta’lim, onlayn-muloqotlar va munozaralar nafaqat maishiy muloqot, balki davlat darajasida tashkil etilmoqda).
Yolg‘on axborotlar va jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishning boshqa vositalariga qarshi kurashish uchun global tarmoqlarni yopish maqsadga muvofiq emas. Davlat organlari faoliyatida, ular ta’minlayotgan ma’lumotning ochiqligi va shaffofligi muhim. Murojaatlar bilan ishlash tizmini rivojlantirishga hamda rasmiy manbalarning transparentligiga zarurat bor. 

Bunda davlat tuzilmalarining matbuot xizmatlari asosiy rol o‘ynaydi. Ular fuqarolarni axborot bilan ta’minlashi, ularning murojaatlariga, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali yuboriladigan so‘rov va izohlariga,  o‘z vaqtida javob qaytarilishiga ko‘maklashishi kerak.
Aks ta’sirning asosiy faktorlarini tanqidiy fikrlarni shakllantirish, aholiga ma’lumotlar haqiqiyligni tekshirish — fakt-chekingga o‘rgatish tashkil etadi. Hammaga, nima gapirilayogani va ko‘rsatilayotganiga ishonish kerak emas, tarmoqlarda «Ulashish» tugmasini bosishdan avval faktlarni qayta tekshirish lozim. Mediasavodxonlik va axborot iste’moliga tanqidiy yondashuv  (OAVda yoki ijtimoiy tarmoqda bo‘lsin) sizni va yaqinlaringizni, hamkasblar va do‘stlaringizni tarmoqlardagi yolg‘on va nayranglardan himoya qiladi. U esa o‘z qo‘lingizda. 

«Yuksalish» umummilliy harakati axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

ЖЧ-2026нинг дастлабки голи муаллифи 9-дақиқада Хулиан Киньонес бўлди

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.