Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot

🔹Joriy yilning 11 sentyabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori A.Jo‘raqulov xizmat vazifasini suiste’mol qilib, Yangi Hayot tumani, TXAY-Bunyodkor ko‘chalari aylanma harakati yaqinida, "Lasetti" rusumli, 01 606 VSC davlat raqam belgili xizmat avtomobilining salonida uxlab yotgan vaqtida fuqaro tomonidan tasvirga olingan. YPX inspektori avtomobildan tushib nomaqbul harakatlar qilib, tamaki maxsulotini iste’mol qilganligi videoda aks etgan.

❗️Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!