Ijodkorlar o‘rtasida yangi tanlov e’lon qilindi

Ijodkorlar o‘rtasida yangi tanlov e’lon qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili doirasida

“FAOL TADBIRKOR – IJODKOR NIGOHIDA”

respublika ijodiy tanlovini e’lon qiladi!

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovasion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz qahramonlari deyishga arziydigan ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini yaratishga chog‘langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlov

– “Eng yaxshi badiiy asar”;

– “Eng yaxshi publisistik maqola”;

– “Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

1-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.

2-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.

3-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.

Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”, “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominasiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta’sis etilgan.

Asosiy hamkorlarimiz – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi. Axborot hamkorlarimiz – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi. 

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 255-29-91, 254-01-22

Elektron pochta: tanlov@uzlidep.uz

Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.

O‘zAdan olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!