IIV YHXBB uch oy ichida xarid qilgan avtomobillari to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

IIV YHXBB uch oy ichida xarid qilgan avtomobillari to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2020 yilning avgust—oktyabr oylarida 28,3 milliard so‘mlik transport vositalarini xarid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. YHXBB mazkur holatga izoh berib, mashinalar xizmat doirasida foydalanish uchun sotib olinganini bildirdi.

Haqiqatdan ham, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida xizmatda foydalanish uchun 2020 yil avgust—oktyabr oylarida 15 ta Equinox, 20 ta Cobalt, 13 ta Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus), 1 ta Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus), 2 ta Volkswagen Caddy , 14 ta avtobus (SAZ HC-40) va 16 ta Malibu-2 rusumli avtotransport vositalari 18 milliard 789 million 813 ming so‘mga xarid qilindi.

Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz.

Barchadan xarid qilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslikni, bu bilan fuqarolarni noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan chalg‘itmasliklarini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!