IIBB tonirovka masalasida fuqarolarni ogohlantirdi

IIBB tonirovka masalasida fuqarolarni ogohlantirdi

2 oktyabr kuni Mirzo-Ulug‘bek tumani prokuraturasiga xabar kelib tushdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning may oyida 46 yoshli Shavkat R. 34 yoshli Abdurasul N.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBda tanishlari borligini aytib, avtomobil uchun tonirovkaga ruxsat va «chiroyli» davlat raqami olib berishini va’da qilgan. Buning uchun Shavkat R. Abdurasul N.dan 22 million so‘m olgan, ammo o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Hurmatli fuqarolar! Ishonuvchanligingizdan foydalanmoqchi bo‘lgan notanish odamlardan ehtiyot bo‘ling. Avtomobil oynalarining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomani va davlat raqamini xarid qilish uchun tegishli idoralarga rasman murojaat qiling» deyiladi IIBB xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!