* * *
Sigir sigirga dedi:
— Ekologiya negadir o‘zgarib ketdi. Qayoqqa qarama, hali u sigir o‘lgan, hali bu sigir kasallangan...
— Hechqisi yo‘q... Eng asosiysi, biz o‘rdaklar tinch bo‘lsak bas.
* * *
Sahroda ikki to‘g‘nog‘ich sudralib ketib borishardi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Juda isib ketdimi havo?!.
— Tugmalaringni yechib ol, salqin tortasan!
* * *
Aeroport rahbari xodimlardan biriga dedi:
— Chet eldan kelayotgan samolyot qulab tushibdi. Yaqinlarini kutayotganlarga yumshoqroq qilib tushuntiring!
— Aziz kutib oluvchilar, uylaringizga ketinglar!
* * *
— Dugonajon, ering qalay? Haliyam uyqu orasida tomga chiqib ketadigan odatini tashlamadimi?
— Tashladi.
— Yo‘g‘-e!
— Ha, yaqinda tomdan yiqilib tushdi.
* * *
Erkakni dafn etishayapti. O‘tkinchi so‘radi:
— Bu odam nimadan o‘libdi?
— Siz qabrtoshdagi yozuvni o‘qing.
O‘tkinchi qabrtoshdagi yozuvni o‘qiy boshladi:
— Sevimli xotinining dastidan... Qaynonasining dastidan... Soliqchining dastidan...
* * *
Ayol «Tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilayapti.
— Tez yetib kelinglar! Erimning isitmasi 50 ga chiqib ketdi!..
— Kechikibsiz! Yaxshisi, o‘t o‘chiruvchilarga xabar bering!
* * *
O‘g‘ri boshqa bir o‘g‘ridan so‘radi:
— Kolbasani qayerdan oldingiz?
— Hov anavi do‘kondan.
— Odam ko‘p emasmi?
— E, sotuvchisiyam yo‘q.
* * *
Tiqilinchda bir erkak birovning oyog‘ini bosib oldi. Oyoq og‘rig‘iga chiday olmagan odam ovozining boricha baqirdi:
— Eshshak!..
Oyoq bosib olgan erkak xotirjam ohangda so‘radi:
— Men veterinarman! Sizga qanday yordamim tegishi mumkin?
* * *
— Boshingga tushgan tashvishdan xabar topib juda qayg‘urdim. Qara-ya, Toshmatning xotining bilan qochib ketishga qanday vijdoni yo‘l qo‘ydi ekan? Axir, u eng yaqin do‘sting edi-ku!
— Hozir ham yaqin do‘stim. Faqat buni uning o‘zi bilmaydi.
* * *
Er tong saharda jazmaninikidan uyga qaytdi. Eshik ro‘parasida to‘xtadi-da, devorning oq bo‘yog‘idan yuzlariga, kiyimlariga surtib oldi va uyga kirib xotiniga dedi:
— Xotinjon, kechir! Kecha kechqurun birinchi muhabbatimni uchratib qolgandim... O‘zimni boshqara olmadim...
— Yolg‘on gapirishni bas qiling!.. Yana tuni bilan bilyard o‘ynadingizmi?
* * *
— Eshmatning aytishicha, xotini o‘n kun avval uni tashlab ketibdi. Haliyam qaytmaganmish.
— Xo‘sh, Eshmatga sen qanday maslahat berding?
— Shu munosabat bilan ziyofat uyushtirishdan avval yana bir necha kun har ehtimolga qarshi kutishni maslahat berdim.
* * *
Piyonista shishadoshiga dedi:
— Kecha uyga kelsam, xotinim begona erkak bilan yotoqxonamda o‘tiribdi. Xafa bo‘lib ketdim... Oshxonaga chiqdim. Stol ustiga ikki shisha aroq qo‘yilibdi. Hammasini alamimdan ichib tugatdim-u, o‘rnimdan turdim. Qarasam, begona kvartiraga kirib qolgan ekanman.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.