Huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolari atroflicha o‘rganilyapti

Huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolari atroflicha o‘rganilyapti

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

“Mening mahallam — mening sudyam” shiori ostida sudyalar tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi sayyor uchrashuvlar huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun ayni muddao bo‘lyapti. Boisi fuqarolarni ovora qilmay, vaqti va mablag‘ini tejash maqsadida ularni qiynayotgan muammolar sudyalar tomonidan joylarga chiqqqan holda o‘rganilyapti.

Tuman sudi sudyalari Farxod Abdushukurov va Umid Xakimov tumandagi “Bektemir” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan “Fuqarolar va ularning manfaati sudyalar e’tiborida” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.

Ushbu mahallada kam ta’minlangan, huquqiy maslahatga muhtoj bo‘lgan ayollar, “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi bir qator fuqarolarning muammolari atroflicha o‘rganilib, hal qilinmoqda. Ularni qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar berildi.

Huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolari atroflicha o‘rganilyapti

Huquqiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolari atroflicha o‘rganilyapti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!