Humoyun Sultonov Qatardagi turnirda chorak finalga yo‘l oldi

Humoyun Sultonov Qatardagi turnirda chorak finalga yo‘l oldi

Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo‘yicha M15 turkumidagi musobaqa o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan tennischi sifatida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ishtirok etyapti.

U kecha 1/8 final doirasida ruminiyalik Shtefan Paloshiga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisoblarida g‘alabaga erishdi.

Endi Humoyun bugun yarim final yo‘llanmasi uchun britaniyalik Ali Xabibga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Taqqoslash uchun, Humoyun ayni paytda dunyo reytingida 364, Xabib esa 1354-o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!