Hokimlar: kim qayerni tamomlagan?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni hokimlarga maktablarda haftasiga kamida uch marotaba dars berish bo‘yicha qoidani joriy etish bo‘yicha topshiriq bergandi. Togri.uz O‘zbekistonda viloyatlar rahbarlarining qaysi oliy o‘quv yurtini bitirgani va mutaxassisligi bilan qiziqdi. Qiziqarli tomoni, ma’lum hokimlarning hech biri mutaxassisligi bo‘yicha pedagog diplomiga ega emas.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektorda tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlarni maktablarga haftasiga kamida uch marotaba borishini va o‘zi dars berishini qoida sifatida joriy etish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Shu munosabat bilan Togri.uz O‘zbekistonda viloyatlar rahbarlarining qaysi oliy o‘quv yurtini bitirgani va mutaxassisligi bilan qiziqdi.
Hech biri pedagog emas
Ma’lum bo‘lishicha, hudud rahbarlarining 4 nafari Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (sobiq Toshkent Irrigasiya va meliorasiya instituti)ni, yana 4 nafari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sobiq Xalq xo‘jaligi instituti), 2 nafari Toshkent davlat Agrar universiteti (Andijon viloyati hokimi universitet filialini) bitirishgan. Yana 2 ta hokim esa Samarqand davlat universiteti va Namangan sanoat texnologiya institutini tamomlashgan.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 2 ta oliy ta’lim muassasasi diplomiga ega.
Qiziqarli tomoni, ma’lum hokimlarning hech biri mutaxassisligi bo‘yicha pedagog diplomiga ega emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi raisi
Erniyazov Musa Tajetdinovich
1971 yilda Toshkent Irrigasiya va meliorasiya institutini tamomlagan
Mutaxassisligi: elektr muhandisi
Xorazm viloyati hokimi
Ermanov Farxod Urazboyevich
1981 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (kunduzgi), 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi)ni tamomlagan
Mutaxassisligi: muhandis-mexanik, iqtisodchi
Buxoro viloyati hokimi
Barnoyev O‘ktam Isoyevich
1986 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tamomlagan
Mutaxassisligi: noma’lum
Navoiy viloyati hokimi
Tursunov Kobul Beknazarovich
1993 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan
Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi, iqtisodchi.
Samarqand viloyati hokimi
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich
Ma’lumoti - oliy, 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mutaxassisligi: iqtisodchi
Qashqadaryo viloyati hokimi
Ruziyev Zafar Sharopovich
1989 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (kunduzgi).
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-mexanik
Surxondaryo viloyati hokimi
Bobolov To‘ra Abdiyevich
1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan
Jizzax viloyati hokimi
Saliyev Ergash Alibekovich
1978 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1981 yilgacha Belorusiya davlat universiteti aspiranti. 1991 yilgacha Toshkent Politexnika instituti assistenti, dosenti, kafedra mudiri. 1992 yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti dosenti. 1995 yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorining o‘rinbosari
Sirdaryo viloyati hokimi
Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich
Toshkent shahri hokimi
Artikxodjayev Jaxongir Abidovich
1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan
Toshkent viloyati hokimi
Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich
1987 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (sirtqi) tamomlagan.
Mutaxassisligi: iqtisodchi
Farg‘ona viloyati hokimi
G‘aniyev Shuhrat Madaminovich
1992 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan
Andijon viloyati hokimi
Abduraxmanov Shuxratbek Kushaqbayevich
1992 yilda Andijon paxtachilik instituti (xozirgi Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali) ni tamomlagan.
Mutaxassisligi: agronom
Namangan viloyati hokimi
Bozarov Xayrullo Xayitboyevich
1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti
P.S: Maqola hokimiyatlar rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.