Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

17 avgustdan Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshirmoqda. Shunday qilib, parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, "IndiGo" aviakompaniyasi 2023 yil 22 sentyabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Bunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan edi.

"IndiGo" - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!