Hindiston mayda 3,333 milliard dollarlik oltin import qildi

Hindiston mayda 3,333 milliard dollarlik oltin import qildi

Hindiston 2024 yilning may oyida 3,333 milliard dollarlik oltin import qilgan.

Bu haqda mamlakat Savdo va sanoat vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» «Interfaks»ga tayanib.

Bu o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 10 foizga kam, biroq 2024 yilning aprel oyiga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.

Faqatgina yilning birinchi 5 oyida Hindistonga oltin importi 16 039 milliard AQSh dollarini tashkil etdi , bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga ko‘pdir.

2023 yil oxirida Hindiston 42,581 milliard dollarlik deyarli 744 tonna oltin import qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!