Havo yana soviydi. Gullagan daraxtlarni sovuq uradimi?

Havo yana soviydi. Gullagan daraxtlarni sovuq uradimi?

25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida g‘ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetasiyasi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi.

Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlanib, ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo‘ldi.

Avvalroq xabar berganimizdek, 23 fevralda respublika hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 25−26 fevralda havo harorati kechalari −7…−12, kunduzlari −2…−7 gacha pasayishi kutilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!