Har shanba: Toshkentdan Moskvaga muntazam aviareyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi

Har shanba:  Toshkentdan Moskvaga muntazam aviareyslar qayta yo‘lga qo‘yiladi

2021 yilning aprel oyidan boshlab, Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, parvozlar har haftaning shanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga parvozdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan manfiy natijali PZR testi ma’lumotnomasi talab etiladi.

Reyslarda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari uchishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!