Hamster Kombat: Rossiyada maktab o‘quvchisi telefon o‘yini sabab ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi

Hamster Kombat: Rossiyada maktab o‘quvchisi telefon o‘yini sabab ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen shahrida maktab o‘quvchisi Hamster Kombat tufayli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgan.

Aniqlanishicha, o‘quvchi o‘yin davomida telefon ekranini tinimsiz bosib, tanga yig‘ishga mukkasidan ketgan va natijada psixiatr yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan.

Ya’ni, 14 yoshli bola o‘yinda maksimal ball to‘plash maqsadida har uch soatga budilnik qo‘ygan. Chunki mazkur vaqt oralig‘ida o‘yindagi tangalar yig‘ilib qoladi. Aynan mana shunday odat natijasida o‘quvchida uyqu me’yori buzilgan.

Oqibatda uyqusizlik borgan sari uzoq davom etgan va oqibatda sakkizinchi sinf o‘quvchisida gallyusinasiya (yo‘q narsa va hodisalarni bordek idrok etish) yuz bergan. Shundan so‘ng bolaning ota-onasi psixiatrga murojaat qilgan.

Hozirda o‘quvchi shifoxonada va ahvoli yaxshi, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!