"Hamma raketalar Germaniyaga uchadi" — Medvedev Putinning qo‘lga olinishi haqida gapirdi

"Hamma raketalar Germaniyaga uchadi" — Medvedev Putinning qo‘lga olinishi haqida gapirdi

Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning aytishicha, agar Germaniya hukumati Rossiya tomonidan tan olinmagan Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qamoqqa olish» haqidagi qarorini ijro etishga qaror qilsa, bu urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi. Bu haqda u Rossiyaning yetakchi OAVlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Germaniya Adliya vaziri Marko Bushman yaqinda Putin Germaniyaga kelsa, hibsga olinishini aytdi. O‘z navbatida Germaniya kansleri Olaf Shols Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidentini hibsga olish uchun order berish haqidagi qarorini olqishlab, «hech kim qonundan ustun emas»ligini ta’kidladi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisining «qo‘lga olinishi» bilan bog‘liq vaziyat hech qachon amalga oshmaydi.

“Shunga qaramay, bu amalga oshdi, deb tasavvur qilaylik. Yadroviy davlatning amaldagi rahbari, aytaylik, Germaniya hududiga kelgan va hibsga olingan. Nima bu? Rossiya Federasiyasiga urush e’lon qilish!» - dedi Medvedev.

U ogohlantirdiki, bu holda Rossiya Federasiyasining barcha raketalari Germaniyaga qarab uchiriladi.

"Nahotki Germaniya rahbarlari bu urush ochish ekanligini tushunmayotgan bo‘lishsa", dedi Medvedev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!