Haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada ko‘tariladi

Haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada ko‘tariladi

O‘zbekiston bo‘ylab hafta davomida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36...+39 daraja, janubiy va cho‘l zonasida +40...+41 darajagacha issiq bo‘ladi.

Chorshanbadan jumagacha issiqlik 2-3 darajagacha oshishi kutilmoqda: kunduzi havo +38...+41 darajagacha, janubiy va cho‘l zonasida +42...+43 darajagacha isishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkentda 22—25 iyul kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Juma kuni havo harorati +39…+41 darajagacha ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!