Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Go‘zal Abdullayeva MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yosh olimlar safidan joy oldi.

Nur-Sultan shahrida MDH davlatlari o‘rtasida "Eng yaxshi yosh olim-2022" xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Go‘zal Abdullayeva o‘zbek operasi (M.Bafoyevning "Hamsa") tahliliga bag‘ishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, u “San’at” yo‘nalishida diplom, guvohnoma va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!