Go‘shtxo‘r Messi va uning jamoadoshlari Qatarga deyarli bir tonna go‘sht olib keldi

Go‘shtxo‘r Messi va uning jamoadoshlari Qatarga deyarli bir tonna go‘sht olib keldi

Argentina va Urugvay terma jamoalari JCH-2022 uchun Qatarga deyarli ikki tonna go‘sht olib ketishdi, deb xabar beradi ESPN.

Jamoalarning har biri 900 kgdan go‘sht olgan. Ikkala davlat ham dunyodagi eng yirik go‘sht iste’molchilari qatoriga kiradi.

Asado - Argentina va Urugvayda mashhur taom. Grilda qovurilgan go‘sht bo‘laklaridan tayyorlanadi.

«Mate, asado va futbol Urugvayda bir-biriga bog‘langan va bizning madaniyatimizning bir qismidir. Biz mahsulot sifatini, tabiiy va organikligini yetkazmoqchimiz va Jahon chempionati buning uchun eng yaxshi vaqt», deydi Urugvay milliy go‘sht instituti prezidenti Konrado Ferber.

«Mening sevimli taomim - asado, lekin bu shunchaki taom emas. Bu bizning madaniyatimizning bir qismi, Argentina xarakterining o‘ziga xos xususiyati.

Aynan shu vaqtda biz gaplashishimiz, kulishimiz, dam olishimiz va suhbatlashishimiz mumkin», dedi Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!